YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 34

34
34–SANO
Dovud sanosi.
1Ey Egam, menga qarshi chiqqanlarga Oʻzing qarshi boʻl.
Menga hujum qilganlar bilan Oʻzing jang qil.
2Qalqonu sovutingni ol,
Qani, menga yordamga kel.
3Meni taʼqib qilganlarga qarshi
Nayzayu boltangni olgin.
“Senga najot beraman”, deb
Oʻzing menga vaʼda bergin.
4Mening jonimga qasd qilganlar
Sharmandayu sharmisor boʻlsin!
Menga qarshi fitna qilayotganlar
Uyatga qolib, orqaga qaytsin!
5Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin.
Ha, ular xuddi shamolda uchgan somonday boʻlsin.
6Qorongʻi, sirpanchiq boʻlsin ularning yoʻli,
Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin.
7Sababsiz menga tuzoq qoʻydilar,
Meni tutib olib oʻldirmoq uchun
Sababsiz menga chuqur qazidilar.
8Toʻsatdan ularning boshiga halokat kelsin,
Qoʻygan tuzogʻiga oʻzlari oʻralib qolsin,
Qazigan chuqurga oʻzlari yiqilib, bitsin.
9Shunda, ey Egam, Sen tufayli shod boʻlaman,
Najot berganing uchun quvonaman.
10Butun vujudim xitob qiladi:
“Senga oʻxshashi yoʻq, ey Egam,
Bechorani zoʻravondan qutqarasan,
Faqirni talonchidan qutqarasan.”
11Yovuz niyatli guvohlar paydo boʻladi,
Bilmaydigan narsalarimni mendan soʻraydi.
12Ular yaxshiligimga yomonlik qaytaradi,
Oʻzimni tamom yolgʻiz his qilaman.
13Ular xasta boʻlganlarida esa
Men qanor kiyib, roʻza tutib, qaygʻu chekardim#34:13 …Men qanor kiyib, roʻza tutib, qaygʻu chekardim — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanor kiyib olish va roʻza tutish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan..
Boshimni quyi solib, ibodat qilardim#34:13 Boshimni quyi solib, ibodat qilardim — yoki Ular uchun ibodat qilardim, ammo mening ibodatlarim javobsiz qolardi..
14Doʻstim, birodarim, deya tashvish tortardim,
Tuqqan onam uchun aza tutganday,
Qaygʻudan boshimni egib yurardim.
15Qoqilganimda esa ular shod boʻldilar,
Menga qarshi yigʻilishib keldilar,
Bexabar ekanman, ular kallakesar ekan,
Toʻxtovsiz menga boʻhton qildilar.
16Shakkoklarday ayovsiz masxara qildilar,
Menga qarab tishlarini gʻijirlatdilar.
17Ey Egam, qachongacha qarab turasan?
Qutqargin meni ularning hujumidan,
Xalos qilgin jonimni oʻsha sherlardan!
18Buyuk jamoa ichra Senga shukur aytaman,
Xalq yigʻinlarida Senga hamdlar oʻqiyman.
19Asossiz menga dushmanlik qilganlar
Ustimdan kulmasinlar,
Mendan sababsiz nafrat etganlar
Koʻzlarini oʻynatmasinlar.
20Tinchlik soʻzini ogʻizga olmas ular,
Ammo yurtda tinch yashayotganlar ustidan
Yolgʻon soʻzlarni oʻylab toparlar.
21Menga qarshi shangʻillab aytarlar ular:
“Aha, koʻzlarimiz bilan koʻrdik qilmishlarini.”
22Oʻzing koʻrgansan, ey Egam, sukut saqlama!
Ey Rabbiy, mendan hech uzoqlashma!
23Qani, boʻl, himoya qilgin meni,
Men uchun jang qilgin, ey Xudoyim, Rabbim!
24Sen odilsan, ey Egam Xudo,
Shu bois meni oqlagin.
Dushmanlarim aslo ustimdan kulmasin.
25Ular oʻzlariga oʻzlari:
“Aha, istaganimiz boʻldi–ku!” deb aytmasin.
“Uni yutib yubordik–ku”, demasin.
26Kulfatlarimdan zavqlanganlarning hammasi
Sharmandayu sharmisor boʻlsin.
Mendan oʻzlarini yuqori qoʻyganlar
Sharmandalik, badnomlikka oʻralsin.
27Men haq boʻlib chiqishimni istaganlar
Xursand boʻlsin, sevinch ila kuylasin.
Har doim aytaversin ular:
“Qulining saodatidan huzurlangan
Egamiz tobora yuksalaversin.”
28Odilliging haqidagi soʻzlaru madhing
Kun boʻyi tilimdan tushmaydi.

Currently Selected:

Zabur 34: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in