YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 35

35
35–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi.
2Fosiqlarning gunohkorligi haqida
Yuragimda bir bashorat bor:
Gunohkor inson Xudodan qoʻrqmaydi.
3Oʻzining nazdida u osmonda yuradi,
Xudo gunohimni koʻrmaydi,
Hukm qilmaydi, deb aytadi.
4Ogʻzidan manfur, yolgʻon soʻzlar chiqadi,
Donolikdan, yaxshi ishlar qilishdan u bosh tortadi.
5Hatto yotganda ham fosiqlikni oʻylaydi,
Gunohga oʻzini bagʻishlaydi,
Fosiqlikdan aslo yuz oʻgirmaydi.
6Ey Egam, sodiq sevging falaklarga yetgaydir,
Ey Egam, sadoqating samolarga choʻzilgaydir.
7Odilliging buyuk togʻlarga oʻxshaydi,
Adolating tubsiz dengizga oʻxshaydi,
Ey Egam, insonu jonivorlarni Sen saqlagaysan.
8Sodiq sevging, ey Xudo, naqadar bebahodir!
Qanotlaring soyasida insonlar panoh topadi.
9Ular uyingdagi neʼmatlardan yeb toʻyadi,
Lazzat toʻla daryoingdan ularga ichirasan.
10Hayotning bulogʻi Sendadir,
Ziyo olarmiz Sening nuringdan.
11Seni bilganlarga sodiq sevgingni koʻrsat,
Yuragi soflarga Oʻzing najot bergin.
12Takabburning oyogʻi meni ezmasin,
Fosiqning qoʻllari meni haydamasin.
13Ana, badkirdorlar agʻanab yotibdi,
Qaddini koʻtara olmay, yerga qapishib yotibdi.

Currently Selected:

Zabur 35: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in