YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 3

3
3–BOB
Xoʻsheya bevafo xotinini qutqarib, uyiga olib keladi
1Egamiz menga dedi: “Qani bor, Xoʻsheya! Oʻynashi bor oʻsha suyuqoyoq xotiningga#3:1 oʻsha suyuqoyoq xotining — 1:2-3 ga qarang. boshqatdan koʻngil qoʻy. Men, Egangiz, Isroil xalqini qanday sevsam, sen ham xotiningni shunday sevgin. Zotan, xalqimning ham koʻngli boshqa xudolarga chopadi, hovuch–hovuch mayizni#3:1 hovuch–hovuch mayiz — qadimgi paytlarda odamlar uzumlarni quritgandan keyin, qoqilarni hovuchlarida qattiq siqib, dumaloq shakl berganlar. Shu tariqa qoqilar uzoq vaqt saqlangan va kundalik isteʼmol qilinadigan yegulik boʻlgan. Bularni odamlar Kanʼon xalqlarining xudolariga nazr qilardilar. Chunki xalq, oʻsha xudolarga topinsak, ular bizga moʻl hosil beradi, deb ishonardi. ularga nazr qilishni xalqim yaxshi koʻradi.” 2Shunday qilib, men oʻn besh boʻlak kumush#3:2 oʻn besh boʻlak kumush — taxminan 170 grammga toʻgʻri keladi. va oʻn besh togʻora arpaga#3:2 oʻn besh togʻora arpa — ibroniycha matnda bir hoʻmr va bir letek, yaʼni bir yarim hoʻmr. Bu taxminan 330 litrga toʻgʻri keladi. oʻz xotinimni sotib oldim#3:2 …oʻz xotinimni sotib oldim — chamasi, Goʻmera choʻri boʻlib qolgan, Xoʻsheya esa uni qaytib sotib olgan. Oʻsha paytda qulu choʻrining narxi 30 boʻlak kumush edi (Chiqish 21:32 ga qarang). Xoʻsheya narxning yarmini kumush bilan toʻlagan. Bunga qoʻshib bergan 15 togʻora arpaning qiymati ham 15 kumush boʻlakka toʻgʻri kelgan boʻlishi mumkin (4 Shohlar 7:1, 16 ga qarang).. 3Unga dedim: “Sen uzoq vaqt davomida menikida yashaysan. Fohishalik qilmaysan. Oʻsha vaqt mobaynida birorta erkakka yaqinlashmaysan, men ham senga yaqinlashmayman.” 4Shu singari, Isroil xalqi ham uzoq vaqt davomida#3:4 …Isroil xalqi ham uzoq vaqt davomida… — Isroil xalqining kelajakda surgun qilinishiga ishora. Isroil xalqi bir paytning oʻzida ham Kanʼon xalqlarining xudolariga, ham Egamizga sajda qilgani uchun, ularning shohligi va diniy urf–odatlari barham topadi. shohu shahzodasiz, qurbonliklaru butsimon toshlarsiz, efod#3:4 efod — odatda bu soʻz oliy ruhoniy kiyadigan maxsus kiyimga nisbatan ishlatilgan (Chiqish 28:3-14 ga qarang). Efodga koʻkrakpech mahkamlanardi, koʻkrakpech xaltasida Urim va Tummim degan muqaddas narsalar saqlanardi. Ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning irodasini bilish uchun Urim va Tummimdan foydalanishardi (1 Shohlar 23:9-12 oyatlarga va Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang). Ammo efod soʻzi odamlar sajda qilishda yoki fol ochishda ishlatgan buyumni bildirishi ham mumkin (Hakamlar 8:27 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Chamasi, bu oʻrinda Xoʻsheya efod soʻzining ikkinchi maʼnosini ishlatgan. va butlarsiz yashaydi. 5Bundan keyin ular qaytadan Egasi Xudoga va Dovud naslidan boʻlgan shohga#3:5 Dovud naslidan boʻlgan shoh — bir kun kelib, shoh Dovudning zurriyoti Xudoning jamiki xalqi ustidan hukmronlik qiladi (Yeremiyo 30:9, Hizqiyol 34:24 ga qarang). Dovudning oʻgʻli Sulaymonning oʻlimidan soʻng Isroilning oʻnta qabilasi Dovud sulolasini rad etib, oʻz shohligini barpo qilgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang. yuz burishadi. Kelajakda Egamizga qoʻrquv bilan boʻyin egishadi. Xudoning barakasidan bahramand boʻlishadi.

Currently Selected:

Xoʻsheya 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy