YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 2

2
2–BOB
1Egamiz shunday deydi: “Aka–ukalaringizni — Yomi, yaʼni «Mening xalqim», opa–singillaringizni — Ruhamo#2:1 Yomi…Ruhamo — Xudo Isroil xalqini qayta tiklashini, ularga yana baraka berishini bildiradigan ismlar. Ibroniycha matnda shu kitobning 1:6, 9–oyatlarida bu ismlarga inkor maʼnosini ifodalovchi loʻ old qoʻshimchasi qoʻshilgan. Loʻruhamo va Loʻyomi ismlari Xudo Isroil xalqining boshiga keltiradigan jazoni bildiradi., yaʼni «Rahmdan bahramand» deb chaqiringlar.
Isroil xalqi bevafo Goʻmera timsolida
2Ey farzandlarim,
Onangiz bilan daʼvolashing#2:2 Ey farzandlarim, Onangiz bilan daʼvolashing… — Xoʻsheya oʻz farzandlarini xotini Goʻmerani qilgan bevafoliklari uchun ayblashga chaqiradi. Bu oʻrinda Goʻmera — Isroil xalqining, Xoʻsheya esa Egamizning timsolidir. Isroil xalqi Egamizga qilgan bevafoliklari uchun Egamiz ulardan yuz oʻgirgan edi (yana 1:2 izohiga qarang).,
Aybini yuziga soling.
U endi xotin emas Menga,
Men ham er emasdirman unga.
Ayting, yuzidagi upa–eligini artib tashlasin,
Egnidagi uyatsiz kiyimini yechib tashlasin.
Boʻldi, fohishaligini bas qilsin.
3Aks holda, uning kiyimini Oʻzim yechib tashlayman,
Onasining qornidan tushganday qip–yalangʻoch qilaman.
Yerini bepusht sahroga aylantiraman,
Uning yurtini qaqragan choʻl qilaman.
Tashnalikdan uni oʻldiraman.
4Bolalariga ham rahm qilmayman,
Oʻynashlaridan orttirgan haromi ular.
5Ha, ularning onasi fohishalik qilgan,
Ularni tuqqan ayol sharmu hayoni yoʻqotgan.
U dedi: «Oʻynashlarim#2:5 Oʻynashlarim — Kanʼon xalqlarining xudolari nazarda tutilgan. Isroil xalqi bu xudolarga topingan va ulardan yomgʻir, serhosil dalalar va nasldor mol–qoʻylar soʻragan. oldiga ketdim.
Nonu suvimni, junu zigʻir matolarimni,
Zaytun moyiyu sharobimni,
Menga oʻshalar bergan.»
6Shuning uchun yoʻlini tikanaklar bilan toʻsaman,
Oʻtolmaydigan qilib devor quraman.
7U oʻynashlarining ketidan quvib yetolmaydi,
Ularni izlab, topolmaydi.
Keyin esa aytadi:
«Birinchi erimning oldiga qaytib boray,
Axir, oʻshandagi holim hozirgidan tuzukroq edi.»
8Bugʻdoyni, sharobu zaytun moyini,
Unga Men berganimni u bilmaydi.
Baalga#2:8 Baal — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi boʻlib, erkak qiyofasida tasavvur qilingan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BAAL soʻziga qarang. nazr qilgan kumushu oltinni
Unga Men sovgʻa qilganimni anglamaydi.
9Shuning uchun hosil paytida bugʻdoyimni tortib olaman,
Yigʻim–terim mavsumida sharobimni olib qoʻyaman.
Badanini yopib turgan junu zigʻir matolarimni qaytarib olaman.
10Mana endi uni yalangʻoch qilaman,
Oʻynashlarining oldiga chiqarib qoʻyaman,
Qoʻlimdan uni hech kim xalos qila olmaydi.
11Men uning bazmlariga chek qoʻyaman.
Bayramlariyu yangi oy shodiyonalariga,
Shabbatlari va barcha tayinlangan bayramlariga barham beraman#2:11 Men uning bazmlariga…barham beraman — xalq asirlikka olib ketilgandan keyin oʻzlarining yurtida nishonlangan bayramlar va bazmlardan ularda faqatgina xotiralar qoladi..
12«Oʻynashlarimning bergan toʻlovi»#2:12 «Oʻynashlarimning bergan toʻlovi» — Isroil xalqi, bizga moʻl hosilni Kanʼon xalqlarining xudolari bergan, deb notoʻgʻri oʻylaganlar., deb oʻylagan
Uzumzoru anjir bogʻlarini buzib tashlayman,
Hammasini toʻqayzor qilaman.
Yovvoyi hayvonlar bogʻlarini yoʻq qiladi.
13U bayramlarda Baalga atab tutatqilar tutatgani uchun,
Uzugu taqinchoqlar bilan bezanib,
Oʻynashlarining ketidan yurgani uchun,
Meni esa tamom esidan chiqarib yuborgani uchun,
Men uni jazolayman!”
Egamizning kalomi shudir.
14Egamiz shunday deydi:
“Koʻp oʻtmay Men uning koʻnglini ovlayman,
Uni sahroga olib borib, shirin soʻzlar aytaman.
15Oʻsha yerda uzumzorlarini qaytarib beraman,
Oxor#2:15 Oxor — ibroniychadagi maʼnosi kulfat. Yoshua 7:24-26 ga qarang. soyligini umid eshigi qilaman.
Oʻsha yerda u Menga ergashadi,
Yoshligida#2:15 Yoshligida — Egamiz Isroil xalqini Misrdagi qullikdan olib chiqqan davrga ishora. Isroil xalqi Egamizga ergashib, Sinay sahrosiga borgan va Egamiz Sinay togʻida ular bilan ahd tuzgan (Chiqish 19:1-8 ga qarang)., Misrdan chiqqan chogʻida ergashganday ortimdan yuradi.”
Egamizning Oʻz xalqiga boʻlgan sevgisi
16Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, oʻsha kuni sen Meni «Erim» deb chaqirasan, hech qachon «Xoʻjayinim» demaysan#2:16 …hech qachon «Xoʻjayinim» demaysan — ibroniycha matnda …hech qachon “baal”im demaysan. “Baal” Kanʼon xudosining nomi boʻlib, “xoʻjayin” degan maʼnoni ifodalaydi. Ibroniylarda ayol kishi eriga “erim” yoki “xoʻjayinim” deb murojaat qilgan. Bu soʻzlar keng qoʻllanilgan. Kelajakda Isroil xalqi vafodor ayolday, oʻzini butunlay Xudoga bagʻishlaydi. Ular Baaldan yordam soʻramaydilar, hatto uning nomini tilga ham olmaydilar.. 17Baalning nomini qayta tilingga olmaydigan qilaman. 18Oʻsha kuni yovvoyi hayvonlar, osmondagi qushlar va yerda sudraluvchi maxluqlar bilan ahd tuzaman, ular senga zarar yetkazmaydi. Yurtdagi barcha kamonu qilichlarni, hamma jang qurollarini yoʻq qilaman. Sen tinch, bexatar yashaysan. 19Men seni Oʻzimga abadiy nikohlab olaman. Senga nisbatan adolatli va odil boʻlaman. Seni doim sevaman, mehr–shafqat koʻrsataman. 20Senga vafo qilaman, sen Meni Egang deb bilasan.”
21Egamiz demoqda:
“Oʻsha kuni Men xalqimning iltijolariga javob beraman,
Men osmonga amr qilaman,
Osmon yerga yomgʻir yogʻdiradi.
22Yer bugʻdoy, uzum, zaytun yetishtiradi,
Ular esa hayot bagʻishlaydi Yizrilga#2:22 Yizril — 1:11 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
«Xudo ekkan» deb atalgan Mening xalqimga.
23Ha, Men Yizrilni Oʻzim uchun bu yurtga oʻtqazaman.
Loʻruhamoga, yaʼni «Rahmdan bebahra» deganga rahm qilaman,
Loʻyomini, yaʼni «Xalqim emas» deganni «Oʻz xalqim» deb atayman#2:23 …«Rahmdan bebahra» deganga rahm qilaman…«Xalqim emas» deganni «Oʻz xalqim» deb atayman — shu bobning 1–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang..
U esa «Xudoyim» deb chaqirar Meni.”

Currently Selected:

Xoʻsheya 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy