Egamiz menga dedi: “Qani bor, Xoʻsheya! Oʻynashi bor oʻsha suyuqoyoq xotiningga boshqatdan koʻngil qoʻy. Men, Egangiz, Isroil xalqini qanday sevsam, sen ham xotiningni shunday sevgin. Zotan, xalqimning ham koʻngli boshqa xudolarga chopadi, hovuch–hovuch mayizni ularga nazr qilishni xalqim yaxshi koʻradi.”