Xoʻsheya 4
4
4–BOB
Isroil xalqini Egamiz ayblaydi
1Egamizning daʼvosi bor bu yurt aholisiga,
Ey Isroil xalqi, quloq tut Egamizning soʻziga:
“Bu yurt vafoyu sadoqatni bilmaydi,
Ular Men, Xudoni tan olmaydi.
2Qachon qaramang laʼnat aytishadi,
Aldashadi, odam oʻldirishadi,
Oʻgʻrilik qilib, fahsh ishlarga berilishadi.
Hamma yoqda zoʻravonlik, qotilliklar qilishadi.
3Mana shuning uchun yurt xazon boʻladi,
U yerda yashovchi xalq halok boʻladi.
Nobud boʻladi yovvoyi hayvonlar,
Koʻkdagi qushlaru hatto dengizdagi baliqlar.
Egamiz ruhoniylarni ayblaydi
4Birontangiz xalqni ayblamang!
Ularga taʼna qilmang!
Mening daʼvoim sizlarga qarshidir,
Ey ruhoniylar!#4:4 Mening daʼvoim sizlarga qarshidir, Ey ruhoniylar! — yoki Sizning xalqingiz ruhoniylarni ayblovchilarga oʻxshaydi.
5Sizlar kechayu kunduz qoqilasizlar,
Hatto paygʻambarlar ham sizlar bilan birga qoqiladi.
Sizlarni deb Men xalqingizni nobud qilaman!
6Ana, xalqim Meni bilmagani uchun nobud boʻlmoqda.
Bu sizning aybingiz, ey ruhoniylar!
Axir, sizlar voz kechdingizlar Meni bilishdan,
Endi Men ham voz kechaman sizdan.
Mening ruhoniylarim boʻlmaysizlar!
Sizlar Xudoyingizning qonunlarini unutdingizlar,
Shuning uchun Men ham farzandlaringizni unutaman.
7Ey ruhoniylar, koʻpaygani sari sizning soningiz,
Menga qarshi koʻproq gunoh qildingiz.
Endi ulugʻvorligingizni sharmandalikka almashtiraman.
8Axir, sizlar xalqimning gunoh qurbonliklari#4:8 gunoh qurbonliklari — birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim soʻrab keltirgan qurbonligi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi QURBONLIK soʻzi ostida berilgan GUNOH QURBONLIGI iborasiga qarang. bilan
Qorningizni toʻygʻizdingiz,
Xalqimning qabihliklariga tashnadirsiz.
9Mana, Men xalqimni ham,
Sizni ham birday jazolayman.
Tutgan yoʻllaringiz,
Qilgan qilmishlaringizga yarasha qaytaraman.
10Sizlar yeysizlar, ammo qorningiz toʻymaydi,
Zino qilasizlar, ammo soningiz koʻpaymaydi.
Sizlar Men, Egangizga boʻysunmay qoʻygansiz.
Egamiz butparastlikni hukm qiladi
11Fahsh, sharobning eski va yangisi
Xalqimni es–hushidan ayirdi.
12Ular yogʻoch butdan vahiy soʻrashadi.
Tayoqdan pand–nasihat olishadi#4:12 Tayoqdan pand–nasihat olishadi — baʼzan tayoqlar fol ochish uchun ishlatilgan (misol uchun, Hizqiyol 21:21 ga qarang)..
Shahvoniy hirs ularni yoʻldan urdi,
Ular Men, Xudosiga bevafo boʻldilar.
13Qurbonliklar qilishayotir togʻ choʻqqilarida,
Tutatqilar tutatishayotir qirlarda,
Eman, chinor va qayragʻochlarning orombaxsh soyalarida.
Ey xalqim, natijada qizlaringiz fohisha boʻldi,
Kelinlaringiz zinoga botdi.
14Ammo Men fohisha qizlaringizni jazolamayman,
Zinokor kelinlaringizning adabini bermayman.
Axir, erkaklarning oʻzi gʻarlar oldiga bormoqda,
Sajdagoh fohishalari#4:14 Sajdagoh fohishalari — oʻsha paytlarda Kanʼondagi butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yoʻl bilan sajda qilishni qatʼiyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang). bilan ular qurbonliklar keltirmoqda.
Aytilgan–ku, es–hushidan ayrilgan xalq nobud boʻladi, deya.
15Isroil xalqi Menga bevafolik qilsa ham,
Bu jinoyatga Yahudo xalqi qoʻl urmasin.
Ular sajda qilgani Gilgalga#4:15 Gilgal — Isroil xalqi Gilgalda butlarga topinish uchun sajdagoh qurgan edi (9:15, 12:11 ga qarang). bormasin,
Bayt–Obunga#4:15 Bayt–Obun — ibroniychadagi maʼnosi qabihlik uyi. Bu oʻrinda Xoʻsheya kinoya bilan Baytilga ishora qilgan. Baytil soʻzining maʼnosi Xudoning uyi demakdir (Ibtido 28:10-19 ga qarang). Ammo Isroil xalqi Baytilni butparastlik oʻchogʻiga aylantirgani uchun, muallif bu shaharni qabihlik uyi deb atamoqda (3 Shohlar 12:28-33, 4 Shohlar 10:29, Amos 7:13 ga qarang). Yana 10:5-8 ga qarang. ham oyoq bosmasin.
«Xudo shohid», deya qasam ichishmasin.
16Ha, eshakday oʻjardir Isroil xalqi,
Koʻp oʻtmay Men, Egangiz, ularni keng dalaga haydab yuboraman,
Ular yaylovdagi yolgʻiz qoʻziga oʻxshab qolishadi#4:16 …ularni keng dalaga haydab yuboraman, Ular yaylovdagi yolgʻiz qoʻziga oʻxshab qolishadi — Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisining Ossuriyaga asirlikka olib ketilishiga ishora boʻlsa kerak (1:4-5 ning izohiga qarang). Yana 9:3, 11:5 ga qarang..
17Efrayim#4:17 Efrayim — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila boʻlgani bois, Eski Ahdning baʼzi oʻrinlarida Efrayim degan nom Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Bu shohlikning poytaxti Samariya edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EFRAYIM soʻziga qarang. xalqi koʻngil bogʻladi butlarga,
Bilganlarini qilishsin, qoʻying ularni oʻz holiga!
18Aysh–ishratdan keyin ular fahshga berilishar.
Ularning yoʻlboshchilari behayolikni yaxshi koʻrar.
19Quyun ularni supurib ketadi.
Butlarga qilgan qurbonliklari tufayli sharmanda boʻlishadi.”
Currently Selected:
Xoʻsheya 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020