Amos 4
4
4–BOB
1Ey Samariya#4:1 Samariya — Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti. ayollari, eshiting!
Sizlar Bashandagi#4:1 Bashan — Jalila koʻlining shimoli–sharqida joylashgan boʻlib, oʻzining koʻm–koʻk yaylovlari va nasldor, sogʻlom chorvasi bilan mashhur edi. sigirlarday semirib ketgansiz#4:1 Sizlar…semirib ketgansiz… — Qonunlar 32:15 ga qarang.,
Kambagʻallarga jabr qilasiz, yoʻqsilni ezasiz,
Erlaringizdan ichkilik talab qilasiz.
2Egamiz Rabbiy Oʻz muqaddas nomi haqi ont ichib demoqda:
“Shunday kunlar keladiki,
Sizlarni ilmoqlar bilan sudrab ketishadi,
Har biringizni qarmoqlar bilan tortib ketishadi.
3Har biringizni devordagi teshiklar orasidan sudrab olib chiqishadi.
Itarib–itarib sizlarni Xermon tomon#4:3 Xermon tomon — ibroniycha matnda Xarmon tomon. Xarmon degan joy haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Xarmon Xermon togʻining boshqa bir nomi boʻlishi mumkin. Xermon togʻi Samariya shahrining shimoli–sharqida, Ossuriya yurti tomonda boʻlgan. olib ketishadi#4:3 Itarib–itarib sizlarni Xermon tomon olib ketishadi… — ibroniycha matnda Sizlarni Xermon tomon uloqtirishadi…. Samariya xalqining toʻsatdan, zoʻravonlik bilan olib ketilishiga ishora.,
— deb aytmoqda Egamiz. —
4Qani, endi Baytilga#4:4 Baytil — 3:14 ning birinchi izohiga qarang. borib gunoh qilavering!
Gilgalda gunohlaringizni koʻpaytiring!#4:4 Gilgalda gunohlaringizni koʻpaytiring! — Isroil xalqi Gilgalda butlarga sajda qilish uchun sajdagoh qurgan edi (Xoʻsheya 4:15, 9:15 ga qarang).
Saharda#4:4 Saharda… — yoki Har kuni tongda…. Bu holatda kinoyali ohangda boʻrttirib gapirish anglashiladi. Ehtimol, ziyoratchilar sajdagohga kelganlaridan keyin, ertasi kuni tongda qurbonlik keltirganlar, uchinchi kuni esa ushrlarini berganlar. qurbonliklar keltiring,
Ertasiga ushrlar#4:4 ushr — har qanday daromadning oʻndan bir qismi. olib keling!
5Xamirturushli nonlarni Menga shukrona nazri qiling,
Koʻngildan chiqarib bergan qurbonligingiz haqida
Jar solib hammaga ayting,
Axir, bunday qilishni xoʻp yaxshi koʻrasiz, ey Isroil xalqi!
— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
6Men hamma shaharlaringizda
Sizlarga tishingizning kirini soʻrdirdim,
Qishloqlaringizni nonga zor qildim,
Shunda ham sizlar Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
7Ekinzorlaringizga suv kerak boʻlganda,
Men yomgʻir yogʻdirmadim.
Bir shaharga yomgʻir yogʻdirib,
Boshqasiga yogʻdirmas edim.
Bir dalani yomgʻir suviga toʻydirardim,
Boshqasiga yomgʻir yogʻdirmay, quritar edim.
8Shunda ikki–uch shahar aholisi suv ichgani
Boshqa shaharga oyogʻini sudrab borardi.
Lekin sizlar suvga toʻymadingizlar.
Shunda ham Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
9Men hosilingizga shira va oqqirov kasalini yubordim.
Chigirtkalar#4:9 Chigirtkalar — baʼzan toʻda–toʻda boʻlib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot. qayta–qayta bogʻu uzumzorlaringizni,
Anjir va zaytun daraxtlaringizni nobud qildi,
Shunda ham sizlar Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
10Misrda boʻlgani kabi orangizga falokat#4:10 falokat — Chiqish 12:29-30 ga qarang. yubordim.
Yigitlaringizni qilichdan oʻtkazdim,
Otlaringizni dushmanlaringizga berdim.
Qarorgohingizdagi jasadlarning qoʻlansa hidi bilan
Dimogʻingizni toʻldirdim.
Shunda ham sizlar Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
11Sadoʻm va Gʻamoʻrani#4:11 Sadoʻm va Gʻamoʻra — aholisining oʻta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang). yoʻq qilganim kabi,
Men koʻplaringizni yoʻq qildim.
Baʼzilaringizni esa olov ichidan qutqarganday qutqargandim.
Shunda ham Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
12Shunday ekan, ey Isroil,
Men seni jazolayman.
Xudoning oldida hisob berishga tayyorlangin!”
13Zero, Xudo togʻlarga shakl berdi,
Shamolni yuzaga keltirdi.
U rejalarini insonlarga ayon qiladi,
Tonggi shafaq nurini zulmatga aylantiradi,
Togʻ choʻqqilari uzra yuradi.
Parvardigori Olam — Egamizdir Uning nomi!
Currently Selected:
Amos 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020