YouVersion Logo
Search Icon

Amos 5

5
5–BOB
Tavba–tazarruga daʼvat
1Ey Isroil xalqi, men sen haqingda aytayotgan marsiyamga quloq solgin:
2Bokira qiz Isroil talafot koʻrdi,
Endi u hech qachon oʻzini oʻnglab olmaydi!
Tashlab ketilgan, u oʻz yurtida agʻnab yotadi,
Unga turish uchun hech kim yordam bermaydi.
3Egamiz Rabbiy shunday demoqda:
“Bir shahringdan jangga chiqqan mingta jangchidan
Yuztasi omon qoladi.
Boshqa shahringdan jangga chiqqan yuzta jangchidan
Oʻntasi omon qoladi.”
4Isroil xalqiga Egamiz shunday demoqda:
“Menga intilinglar, shunda yashaysizlar.
5Baytilga#5:5 Baytil — 3:14 ning birinchi izohiga qarang. esa bormanglar,
Gilgalga#5:5 Gilgal — 4:4 ning ikkinchi izohiga qarang. oyoq bosmanglar,
Bersheba#5:5 Bersheba — bu shahar Yahudoda, yaʼni janubiy shohlikda joylashgan. Bershebada bir sajdagoh bor edi. Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisi ham ziyorat qilgani shu sajdagohga kelardi (8:14 ga va 4 Shohlar 23:8 ga qarang). tomonga oʻtib yurmanglar.
Axir, Gilgal aholisi surgun qilinadi,
Baytil butkul vayron boʻladi.”
6Egamizga intiling, shunda yashaysiz.
Aks holda, ey Yusuf xonadoni#5:6 Yusuf xonadoni — Isroil, yaʼni shimoliy shohlik nazarda tutilgan. Shimoliy shohlikning ikkita asosiy qabilasi — Efrayim va Manashe qabilalari Yusufdan kelib chiqqan edilar.,
Sizga Xudo olovday yopiriladi,
Olov Baytilni yamlab yutadi.
Yongʻinni oʻchiradigan odam boʻlmaydi.
7Ey adolatni zahar oʻtga aylantirganlar,
Haqiqatni yerga uloqtirganlar,
Sizning holingizga voy!
8Parvin#5:8 Parvin — kichkina, yorqin burj. Parvin “Yetti opa–singil” degan nom bilan ham tanilgan (yunon mifologiyasiga koʻra, bular Atlasning yetti qizi boʻlgan). va Hulkar#5:8 Hulkar — katta burj boʻlib, burjdagi yulduzlarning joylashuvi ovchi shaklini hosil qiladi. Hulkar Orion nomi bilan ham tanilgan. Yunon mifologiyasiga koʻra, Orion ovchi boʻlgan. yulduzlarini yaratgan Egamizdir,
U zulmatni tonggi nurga aylantiradi,
Kunduzni qorongʻilikka choʻktirib, tun qiladi,
Dengiz suvlarini yigʻib, yer yuziga sochib yuboradi.
Egamizdir Uning nomi.
9U kuchlilar ustiga kulfat yogʻdiradi,
Qalʼalarni kulfatga giriftor qiladi.
10Sizlar esa adolatli qozilardan nafratlanasizlar,
Haqiqatni gapiruvchilardan hazar qilasizlar.
11Kambagʻalning bugʻdoyidan katta soliq olib, bechorani ezasizlar.
Shunday ekan, yoʻnilgan toshdan qurgan uylaringizda yashamaysizlar.
Barpo qilgan goʻzal uzumzorlaringiz mahsulidan sharob ichmaysizlar.
12Men bilaman sizlar gunohga botib ketganingizni,
Koʻplab jinoyatlarga qoʻl urganingizni.
Sizlar aybsiz kishini ezib, pora yeysizlar,
Mahkamalarda faqirni adolatdan mahrum qilasizlar.
13Shuning uchun farosatli odam bunday zamonda sukut saqlaydi,
Axir, bu yovuz zamondir.
14Yomonlikning emas,
Yaxshilikning payida boʻlinglar,
Shunda yashaysizlar.
Parvardigori Olam — Egamiz ham,
Oʻzlaringiz aytganingizday sizlar bilan birga boʻladi.
15Yomonlikdan nafratlanib, yaxshilikni seving,
Mahkamalarda#5:15 Mahkamalar — ibroniycha matnda Darvoza. Qadimgi paytlarda sud kengashi koʻpincha shahar, saroy yoki maʼbad darvozasi oldidagi ochiq maydonda oʻtkazilardi. adolat oʻrnating.
Balki shunda, ey Yusuf naslidan#5:15 Yusuf nasli — shu bobning 6–oyati izohiga qarang. omon qolganlar,
Parvardigori Olam — Egamiz sizga iltifot qilar.
16Ey Isroil xalqi, gunohlaringiz tufayli
Rabbiy, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda:
“Hamma shahar maydonlarida odamlar dod–faryod koʻtarishadi,
Hamma koʻchalarda «Voy jonim! Voy jonim!» deya yigʻi–sigʻi qilishadi.
Dehkonlarni aza tutish uchun chaqirishadi,
Marsiya aytadigan yigʻichi ayollar yollanadi#5:16 …Marsiya aytadigan yigʻichi ayollar yollanadi — qadimgi Isroilda baʼzan dafn marosimlari paytida dod–faryod qilib, aytib yigʻlash uchun yigʻichilar yollanardi..
17Har bir uzumzordan figʻon eshitiladi,
Axir, Men orangizdan oʻtib, sizlarni jazolayman.”
Egamizning kalomi shudir.
Egamizning kuni — zulmat kuni
18Egamizning kunini#5:18 Egamizning kuni — Eski Ahddagi paygʻambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Koʻpincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. Oʻsha kuni Xudo Oʻz dushmanlari ustidan gʻalaba qozonadi va ularni jazolaydi, Oʻziga sodiq qolganlarga esa orom bagʻishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi. intizorlik bilan kutganlarning holiga voy!
Nega Egamizning kunini kutyapsizlar?
Bu kun yorugʻlik emas, zulmat olib keladi–ku!
19Oʻsha kuni sizlar goʻyo arslondan qochib,
Ayiqqa duch kelgan odamday boʻlasizlar.
Oʻsha odam ayiqdan ham qochib, uyiga keladi,
Qoʻli bilan devorga suyanganda uni ilon chaqadi.
20Nahot tushunmasangiz?!
Egamizning kuni yorugʻlik emas,
Qorongʻilik olib keladi–ku!
Oʻsha kun nursiz, zulmat kuni boʻladi!
21Egamiz shunday deydi:
“Ey Isroil xalqi!
Men marosimlaringizdan nafratlanaman,
Ulardan hazar qilaman.
Muqaddas yigʻinlaringizni xush koʻrmayman.
22Menga qurbonliklar kuydirsangiz ham,
Don nazrlarini atasangiz ham,
Men ularni qabul qilmayman.
Semiz hayvonlaringizni soʻyib,
Tinchlik qurbonliklarini keltirsangiz ham,
Men ulardan rozi boʻlmayman.
23Boʻldi, bas qiling sershovqin ashulalaringizni,
Men eshitmayman toringizning navolarini.
24Undan koʻra, suvday oqsin adolat,
Toʻxtovsiz daryoday oqsin haqiqat.
25Ey Isroil xalqi, sizlar juda koʻp qurbonliklar keltirasizlar! Men ota–bobolaringizni qirq yil sahroda olib yurganimda, ulardan shu qadar koʻp qurbonligu nazrlarni talab qilmadim! 26-27Sizlar oʻzingiz uchun yasagan ilohiy shohingiz Sikkut va yulduz xudosi Kivunning#5:26-27 …Sikkut…Kivun… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada …Moʻlax…Rayfon…. Sikkut va Kivun Ossuriya xalqi sajda qilgan xudolar boʻlgan. tasvirlariga topinib yuribsizlar. Shuning uchun Men sizlarni Damashq ortidagi yurtga#5:26-27 Damashq ortidagi yurt — 3:11 izohiga qarang. surgun qilaman. Qani endi turinglar! Xudolaringizni koʻtarib olib ketinglar.” Egamizning kalomi shudir. Parvardigori Olamdir Uning nomi.

Currently Selected:

Amos 5: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in