Amos 3
3
3–BOB
1Ey Isroil xalqi, Egamizning soʻzlariga quloq soling. U Misrdan olib chiqqan butun xalqingizga shunday deb aytmoqda:
2“Yer yuzidagi barcha xalqlar orasidan
Yolgʻiz sizlarni tanlab olgan edim.
Shu sababdan ham gunohlaringizga toqat qila olmayman,
Qilgan hamma gunohlaringiz uchun sizlarni jazolayman.”
Paygʻambar Xudoning jarchisidir
3Ikki kishi kelishib olgandan keyingina birga yoʻlga tushadi.
4Sher qurbonini koʻzlab qoʻysagina, oʻrmonda oʻkiradi,
Yirtqich sher oʻljasini ushlasagina, uyasida irillaydi.
5Tuzoqqa yemish qoʻyilsagina, qush sirtmoqqa tushadi,
Tuzoqqa hech narsa ilinmasa, sirtmoq tortilmaydi.
6Xoʻsh, shaharda burgʻu chalinsa, kim sarosimaga tushmaydi?!
Egamizning irodasisiz hech bir kulfat shaharga kelmaydi.
7Darhaqiqat, Egamiz Rabbiy Oʻz sirini paygʻambarlariga ayon qiladi,
Sirini oʻsha xizmatkorlariga ayon qilmay turib, U hech narsa qilmaydi.
8Ana, sher oʻkirdi! Kim qoʻrqmaydi?!
Ana, Egamiz Rabbiy gapirdi! Kim bashorat qilmaydi?!
Samariyaning qismati
9Ashdod#3:9 Ashdod — 1:6 izohiga qarang. qalʼalarida eʼlon qiling,
Misr qalʼalarida shunday deb jar soling:
“Samariya#3:9 Samariya — Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti. atrofidagi qirlarda toʻplaning,
U yerdagi avjiga chiqqan gʻalayonni bir koʻring,
Zoʻravonlikning guvohi boʻling.”
10Egamiz shunday demoqda:
“Samariyaliklar qalʼalarini harom boylikka toʻldirdilar,
Toʻgʻrilik nimaligini ular bilmaydilar.”
11Shu sababdan Egamiz Rabbiy shunday demoqda:
“Dushman#3:11 Dushman — ibroniycha matnda Buyuk shoh. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. Soʻng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Shunday qilib, shimoliy shohlik tag–tomiri bilan yoʻq boʻlib ketdi. Samariyani qurshovga oladi,
Istehkomlarini vayron qiladi,
Samariya qalʼalari talon–taroj boʻladi.”
12Egamiz shunday demoqda: “Arslonning ogʻzidan qoʻzichoqni tortib olmoqchi boʻlgan choʻpon, qoʻzichoqning ikki tuyogʻini yoki qulogʻining bir parchasini tortib oladi, xolos. Samariya aholisi ham shu ahvolga tushadi. U yer–bu yerlarda supayu kursi parchalari qoladi, xolos#3:12 Arslonning ogʻzidan…qoladi, xolos — qoʻyni birorta yirtqich hayvon boʻgʻizlab ketganda, buning haqiqatligini isbotlash uchun choʻpon qoʻy murdasining qolgan–qutganini qoʻyning egasiga koʻrsatar edi (Ibtido 31:39, Chiqish 22:10-13 ga qarang). Bu oyatda Samariya shahri boʻgʻizlangan qoʻzichoqqa oʻxshatilgan. Samariya bosqinchilar hujumidan vayron boʻladi. Matnda aytib oʻtilgan tashlandiq supalar, kursi parchalari oldin Samariyada rohat–farogʻatda yashagan boylarni Xudo gunohlari uchun hukm qilganining dalilidir (shu bobning 6-8–oyatlariga va 6:4-6 ga qarang)..”
13Parvardigori Olam — Egamiz Rabbiy demoqda:
“Gapimni eshiting! Yoqub nasliga#3:13 Yoqub nasli — Xudo Yoqubning ismini Isroil deb oʻzgartirgan (Ibtido 32:27-28 ga qarang), shuning uchun koʻpincha Yoqub nasli deganda Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisi nazarda tutiladi. qarshi guvohlik bering!
14Men Isroil xalqini qilgan gunohi uchun jazolayman,
Oʻsha kuni Baytil#3:14 Baytil — ibroniychadagi maʼnosi Xudoning uyi. Ammo Isroil xalqi Baytilni butparastlik oʻchogʻiga aylantirgan edi (7:13 ga va 3 Shohlar 12:28-33, 4 Shohlar 10:29 ga qarang). qurbongohlarini vayron qilaman.
Qurbongohning shoxlari kesilib, yerga tushib yotadi#3:14 Qurbongohning shoxlari kesilib, yerga tushib yotadi — Baytildagi qurbongoh Quddusdagi qurbongohga oʻxshatib yasalgan boʻlib, uning toʻrtta burchagi hayvon shoxining shaklida edi. Qurbongohning shoxlari kuch va madad ramzi boʻlgan..
15Men qishki va yozgi saroylarni buzib tashlayman,
Fil suyagi bilan bezatilgan koshonalarni vayron qilaman,
Barcha hashamatli uylarni yoʻq qilaman.”
Egamizning kalomi shudir.
Currently Selected:
Amos 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020