Ha, hamma narsa qadrsizdir, chunki Rabbim Iso Masihni tanib–bilishdan afzalroq hech narsa yoʻq deb hisoblayman. Uni deb, men hamma narsadan voz kechdim. Masihga sazovor boʻlish, butunlay Unga tegishli boʻlish uchun hamma narsani axlat deb bildim. Endi qonunga rioya qilish orqali solihlikka erishishga umid qilmayman, aksincha, Masihga boʻlgan imonim bilan solihlikka erishishga intilaman. Ha, bu solihlikni Xudo imon tufayli beradi.