1
Filippiliklar 4:6
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Hech narsadan tashvish qilmanglar. Aksincha, har qanday sharoitda ibodat va iltijoda boʻlib, har bir muhtojligingizni Xudoning oldida minnatdorchilik bilan izhor qilinglar.
Compare
Explore Filippiliklar 4:6
2
Filippiliklar 4:7
Shunda Xudo beradigan, inson xayoliga sigʻmaydigan tinchlik Iso Masih orqali sizlarning yuraklaringizni va oʻy–xayollaringizni qoʻriqlaydi.
Explore Filippiliklar 4:7
3
Filippiliklar 4:8
Endi esa, ey birodarlarim, fikr–zikringiz haqiqiy, sharafli, toʻgʻri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda boʻlsin. Ha, olqishga loyiq, aʼlo narsalar haqida fikr yuritinglar.
Explore Filippiliklar 4:8
4
Filippiliklar 4:13
Menga kuch–quvvat beradigan Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman.
Explore Filippiliklar 4:13
5
Filippiliklar 4:4
Har doim Rabbimiz Iso tufayli shodlaning! Yana bir bor aytaman, shodlaning!
Explore Filippiliklar 4:4
6
Filippiliklar 4:19
Xudoyim Oʻzining ajoyib boyligi bilan Iso Masih orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi.
Explore Filippiliklar 4:19
7
Filippiliklar 4:9
Taʼlimotimni qabul qildingiz. Endi mendan oʻrganganlaringizning, koʻrgan–eshitganlaringizning hammasini bajaringlar. Shunda tinchlik beradigan Xudo sizlar bilan birga boʻladi.
Explore Filippiliklar 4:9
8
Filippiliklar 4:5
Hammaga nisbatan muloyim boʻling. Rabbimiz yaqinda keladi.
Explore Filippiliklar 4:5
9
Filippiliklar 4:12
Har qanday sharoitda va har yerda ham toʻq boʻlish, ham och qolish, moʻl–koʻlchiligu muhtojlikda yashash sirlarini oʻrganganman. Men tanqislikda ham, moʻl–koʻlchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman.
Explore Filippiliklar 4:12
10
Filippiliklar 4:11
Bularni muhtojlikdan aytayotganim yoʻq, chunki men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga oʻrganganman.
Explore Filippiliklar 4:11
Home
Bible
Plans
Videos