Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi. Aksincha, U bu ulugʻvorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson boʻlib tugʻildi. U inson qiyofasida yashab, Oʻzini past tutdi. Itoatkor boʻlib, hatto oʻlimga, xochdagi oʻlimga ham rozi boʻldi.