Nima boʻlishidan qatʼi nazar, Masih Xushxabariga loyiq tarzda hayot kechirishingiz kerak. Shunday yashanglarki, men sizlarni koʻrishga borganimda, Xushxabarning samarasi boʻlgan imon uchun yakdillik bilan kurashib, bir ruhda mustahkam turganingizni koʻray! Ammo sizlarni koʻrishga borolmasam, shunday xabar eshitay.