YouVersion Logo
Search Icon

Zafaniyo 1

1
1–BOB
1Yahudo yurtida#1:1 Yahudo yurti — janubiy shohlik nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang. Omon oʻgʻli shoh Yoʻshiyo hukmronlik qilgan davrda#1:1 …shoh Yoʻshiyo hukmronlik qilgan davr… — miloddan oldingi 640-609 yillar. Zafaniyoga Egamiz Oʻz soʻzini ayon qildi. Zafaniyo shoh Hizqiyo#1:1 shoh Hizqiyo — ibroniycha matnda Hizqiyo. Bu oʻrinda miloddan oldingi 716-687 yillarda hukmronlik qilgan Yahudo shohi nazarda tutilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, Zafaniyo shoh Yoʻshiyoning qarindoshi boʻlgan. avlodidan boʻlib, Kushining oʻgʻli, Gadaliyoning nevarasi va Emoriyoning evarasi edi.
Yahudo xalqi jazo oladigan kun yaqinlashib kelmoqda
2Egamiz shunday demoqda:
“Men yer yuzidagi hammani
Gard qoldirmay supurib tashlayman.
3Ha, Men odamlaru hayvonlarni,
Koʻkdagi qushlaru
Dengizdagi baliqlarni supurib tashlayman.
Oʻsha hayvonlar tasviridagi butlarni#1:3 Oʻsha hayvonlar tasviridagi butlar — ibroniycha matnda Qoqiltiradigan toshlar. Mazkur oyatda bu ibroniycha ibora butlarga ishora qilishi mumkin (Qonunlar 4:15-18, 35-26 ga qarang). parchalayman.
Ular qatorida fosiqlarni ham yoʻq qilaman,
Yer yuzidagi butun inson zotini
Ildizidan quritib yuboraman.
— Egamizning kalomi shudir. —
4Men Yahudo va Quddusga qarshi qoʻl koʻtaraman.
Baalga#1:4 Baal — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi boʻlib, erkak qiyofasida tasavvur qilingan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BAAL soʻziga qarang. sigʻinganlarni bitta qoldirmay yoʻq qilaman,
Butparast ruhoniylarni odamlarning xotirasidan oʻchiraman.
5Tomda quyosh, oy, yulduzlarga sigʻinganlarni halok qilaman,
Toʻgʻri, ular Men, Egangizga sajda qilib, sadoqat ontini ichadi,
Lekin Moʻlaxga#1:5 Moʻlax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Malkam. Moʻlax Ommon xalqining xudosi edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MOʻLAX soʻziga qarang. ham topinib, vaʼdalar berishadi.
6Men, Egangizdan yuz oʻgirgan,
Izimdan yurmagan bu odamlar nobud boʻladi,
Menga intilmagan, Mendan yordam soʻramaganlar oʻladi.”
7Egamiz Rabbiy oldida sukut saqlang!
Zero, Egamizning kuni#1:7 Egamizning kuni — Eski Ahddagi paygʻambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Koʻpincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. Oʻsha kuni Xudo Oʻz dushmanlari ustidan gʻalaba qozonadi va ularni jazolaydi, Oʻziga sodiq qolganlarga esa orom bagʻishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi. yaqinlashib qoldi.
Egamiz Oʻz xalqini qurbonlik qilishga tayyorladi.
U taklif qilgan mehmonlar yetib keldi.
8Egamiz shunday deydi:
“Men qurbonlik keltiradigan oʻsha kuni
Yahudo aʼyonlarini, shohning oʻgʻillarini,
Butparastlik odatlariga berilganlarning hammasini#1:8 Butparastlik odatlariga berilganlarning hammasi — ibroniycha matnda Ajnabiy kiyim kiyganlarning hammasi. Mazkur oyatda bu ibroniycha ibora butparastlarning urf–odatlariga amal qilishni bildiradi (4 Shohlar 10:22 ga qarang). jazolayman.
9Butparastlarga oʻxshab ostona hatlaganlarning#1:9 Butparastlarga oʻxshab ostona hatlaganlar — butparastlarning irimiga ishora (1 Shohlar 5:4-5 ga qarang).
Taʼzirini beraman.
Shoh saroyini
Zoʻravonligu firibgarlikka toʻldirganlarni#1:9 Shoh saroyini zoʻravonligu firibgarlikka toʻldirganlar — shohning amaldorlari va oʻgʻillariga ishora boʻlsa kerak (shu bobning 8–oyatiga qarang). jazolayman.”
10Egamiz shunday demoqda:
“Oʻsha kuni Quddusning Baliq darvozasidan#1:10 Baliq darvozasi — Quddusning shimol tarafidagi asosiy darvoza. faryod koʻtariladi,
Shaharning Yangi dahasidan dod–voy eshitiladi.
Qirlardan vayronagarchilik sadolari keladi.
11Ey bozor koʻchasida yashaydiganlar, dod soling!
Axir, hamma savdogarlaringiz halok boʻladi,
Oldi–sotdi qilganlar qirib tashlanadi.
12Men oʻsha kuni bir chiroq olaman,
Quddusning har bir burchagini tekshirib chiqaman.
«Egamizning qoʻlidan na yaxshilik,
Na yomonlik keladi», deb oʻylaganlarning jazosini beraman.
Gunohga botib oʻtirgan
Beparvo odamlarni jazolayman.
13Ular uylar qurishadi,
Ammo uylarida yashash ularga nasib etmaydi.
Uzumzorlar barpo qilishadi,
Ammo sharobidan ichisholmaydi.
Boyliklari talon–taroj qilinadi,
Qurgan uylari buzib tashlanadi.”
14Oz qoldi Egamizning buyuk kuniga! Oz qoldi!
Oʻsha kun shiddat bilan yaqinlashmoqda.
Quloq soling! Bu Egamizning kunidir.
Bu kun achchiq kulfat keltiradi,
Hatto jasur jangchilar qoʻrqqanidan baqiradi.
15Bu kun Xudoning gʻazab kunidir.
Oʻsha kuni hamma azob–uqubat chekadi,
Hamma yoq vayronayu xarobazorga aylanadi.
Zimziyo zulmat kuni boʻlar oʻsha kun,
Bulut qoplagan tim qorongʻi boʻlar oʻsha kun!
16Mustahkam shaharlaru baland minoralar
Hujum ostida qoladi,
Burgʻu ovoziyu jangga daʼvat tovushlarini
Oʻsha kun oʻzida mujassam etadi.
17Egamiz shunday deydi:
“Odamlar Menga qarshi gunoh qildilar,
Shu sababdan Men ularning boshiga kulfat solaman,
Ular koʻr odamday qoqilib yuradilar.
Ularning qoni toʻkilib, yerni qoplaydi,
Jasadlari tilka–pora boʻlib, yerda goʻngday yotadi.”
18Egamizning gʻazab kunida
Kumush ham, oltin ham ularga najot bermaydi.
Egamizning rashk#1:18 rashk — Chiqish 34:13-14 ga qarang. oʻti
Butun dunyoni kuydirib tashlaydi.
Ha, yer yuzida yashagan hammani
Egamiz dahshatli tarzda yoʻq qiladi.

Currently Selected:

Zafaniyo 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy