YouVersion Logo
Search Icon

Zafaniyo 2

2
2–BOB
Zafaniyo xalqni tavba qilishga chorlaydi
1Esingni yigʻib olgin,
Ey sharmanda xalq!#2:1 sharmanda xalq — Yahudo xalqiga ishora.
2Shamol uchiradigan somonday
Yoʻq boʻlib ketmasingdan oldin#2:2 Shamol uchiradigan somonday Yoʻq boʻlib ketmasingdan oldin… — yoki Hukm boshlanmasdan oldin, Senga tavba qilish uchun berilgan vaqt somonday uchib ketishidan oldin….,
Egamizning alangali qahriga
Uchramasingdan oldin,
Egamizning gʻazab kuni kelmasdan oldin
Esingni yigʻib olgin!
3Egamizning amrlariga itoat qiladigan,
Ey yurtning kamtarin odamlari,
Egamizga intilinglar.
Toʻgʻrilikka bogʻlanib,
Moʻmin–qobillik payida boʻlinglar.
Shundagina Egamizning gʻazab kunida
Jazodan qutulib qolishingiz mumkin.
Yahudoning yon–atrofidagi xalqlarni Egamiz hukm qiladi
Filist xalqi
4Gʻazo shahri#2:4 Gʻazo shahri — Filist xalqi quyidagi beshta shahar–davlatni barpo qilgan edi: Gʻazo, Ashdod, Ashqalon, Exron va Gat. Bu shaharlar Filistiyada, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan edi. huvullab qoladi,
Ashqalon shahri vayron boʻladi.
Ashdod aholisi kunning tush paytigacha haydab chiqariladi,
Exron shahri tag–tugi bilan yoʻq qilinadi.
5Ey dengiz qirgʻogʻida yashayotgan Filist xalqi#2:5 Filist xalqi — ibroniycha matnda Xaret xalqi. Oʻsha vaqtda Filistlar shu nom bilan ham atalardi. Bu nom Krit soʻzidan olingan boʻlishi mumkin. Filistlarning ajdodlari Krit orolidan kelgan edilar (Yeremiyo 47:4, Amos 9:7 ga va oʻsha oyatlarning ikkinchi izohiga qarang).,
Sening holingga voy!
Ey Kanʼondagi Filist yurti,
Egamiz senga qarshi shunday deydi:
“Men seni vayron qilaman,
Birontangni ham tirik qoldirmayman.”
6Ey dengiz qirgʻogʻidagi oʻlka,
Sen dashtga aylanasan.
U yerda choʻponlar chodirlar tikadi,
Ular qoʻy–echkilari uchun qoʻralar quradi.
7Yahudo#2:7 Yahudo — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. xalqining omon qolganlari
Yurtingga egalik qiladi.
Choʻponlari yurtingda qoʻy–echkilarini oʻtlatishadi,
Ular Ashqalondagi tashlandiq uylarda tunashadi.
Axir, Egasi Xudo ularga gʻamxoʻrlik qiladi,
Ularni yana farovonlikka erishtiradi.
Moʻab va Ommon xalqi
8-9Isroil xalqining Xudosi —
Sarvari Olam shunday demoqda:
“Moʻabliklar xalqimni qanchalik tahqirlaganini,
Ommonliklar#2:8-9 …Moʻab…Ommon… — Moʻab Oʻlik dengizning sharqida, Ommon Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan yurtlar edi. ularni qanchalik xoʻrlaganini,
Xalqimni haqoratlab, yurtiga tahdid solishganini eshitdim.
Shunday ekan, Men barhayot Xudo boʻlganim haqi aytamanki,
Moʻab yurti Sadoʻm shahrining holiga tushadi,
Ommon yurti Gʻamoʻra shahriga#2:8-9 …Sadoʻm shahri…Gʻamoʻra shahri… — aholisining oʻta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang). oʻxshab qoladi.
Oʻsha yurtlar shoʻr bosgan tikanzorlarga aylanadi,
To abad tashlandiq joylar boʻlib qoladi.
Xalqimning omon qolganlari ularni talon–taroj qiladi.
Yurtlarini oʻzlariga mulk qilib olishadi.”
10Ular Sarvari Olamning xalqini mazax qilganlari uchun,
Kekkayib, magʻrurlanganlari uchun
Bu koʻrgiliklar boshlariga tushadi.
11Egamiz ularni vahimaga soladi,
Yer yuzidagi jamiki xudolarni yoʻq qiladi.
Shunda dengiz qirgʻogʻidagi ellar
Egamizga sajda qilishadi.
Har biri oʻz yurtida Egamizni madh etadi.
Habashistonliklar
12Ey Habashistonliklar#2:12 Habashistonliklar — ibroniycha matnda Kushliklar. Kush degan joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi.,
Egamiz sizlarni ham qilichi bilan oʻldiradi.
Ossuriya xalqi
13Egamiz shimolga qarshi qoʻl koʻtaradi,
U Ossuriyani#2:13 Ossuriya — qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo shahri hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OSSURIYA soʻziga qarang. yoʻq qiladi.
Naynavo shahrini#2:13 Naynavo shahri — Nineviya nomi bilan ham maʼlum. vayron qiladi,
Uni suvsiz sahroga aylantiradi.
14U yerda chorva oʻtlab yuradigan boʻladi,
Har xil yovvoyi hayvonlar orom oladi.
Saroy vayronalarida boyoʻgʻli yashaydi,
Oynalaridan uning tovushi eshitiladi.
Ostonalarida xarobalar uyum–uyum boʻlib yotadi.
Binolarining sadr yogʻochlari shilib olinadi.
15Bexatar yashayotgan manman shahar shu koʻyga tushadi!
“Menga teng keladigani yoʻq”, deb aytayotgan shaharning holi shu boʻladi!
Xarob boʻlgan bu shahar
Yovvoyi hayvonlarning makoniga aylanadi.
Vayronalar oldidan oʻtgan–ketganlar
Undan hazar qilib, yerga tupurib ketishadi.

Currently Selected:

Zafaniyo 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy