YouVersion Logo
Search Icon

Zafaniyo Kirish

Kirish
Zafaniyo paygʻambar Yahudo yurtida#Yahudo yurti — janubiy shohlik nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang. shoh Yoʻshiyo hukmronligining dastlabki yillarida bashorat qilgan. Uning faoliyati shoh Yoʻshiyo miloddan oldingi 621 yilda oʻtkazgan islohotlardan#shoh Yoʻshiyo…oʻtkazgan islohotlar… — 4 Shohlar 23:1-28 ga qarang. avvalgi davrga toʻgʻri kelgan boʻlishi mumkin. Oʻsha davrda Ossuriya#Ossuriya — qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo shahri hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OSSURIYA soʻziga qarang. hamon qudratli shohlik edi. Yeremiyo va Noxum paygʻambarlar Zafaniyo paygʻambarning zamondoshlari boʻlgan.
Zafaniyo paygʻambar davrida Yahudo xalqi umidini kelajakka bogʻlab, Xudoning qudrati bilan dushmanlarini yer yuzidan yoʻq qilishga chin dildan ishonardi. Ular: “Xudoning adolat oʻrnatadigan gʻalaba kunlarini katta tantana bilan kutib olamiz”, deb niyat qilib, oʻsha davrni “Egamizning kuni” deb atashardi. Zafaniyo paygʻambar esa xalqni ogohlantirib, “Egamizning kuni”da Xudo itoatsiz bandalarni jazolaydi, deb aytadi. Itoatsiz Yahudo xalqi ham, boshqa xalqlar qatori, qattiq jazo olishini Zafaniyo bashorat qiladi. Biroq shu bilan birga, paygʻambar Xudoning Oʻz xalqiga rahmdil ekanini taʼkidlab oʻtadi. Xalqning achchiq qismatini bashorat qilgan muallif kitobni umidbaxsh soʻzlar bilan yakunlaydi. Quddus kelajakda vayron boʻlsa ham, vaqti kelib, bu tabarruk shahar yana tiklanadi, u yerni moʻmin–qobil, solih odamlar makon qiladi, deb ishonch bilan taʼkidlaydi Zafaniyo paygʻambar.

Currently Selected:

Zafaniyo Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy