YouVersion Logo
Search Icon

Naximiyo 1

1
1–BOB
1Quyidagilar Xaxaliyo oʻgʻli Naximiyoning xotiranomasidir#1:1 Quyidagilar…Naximiyoning xotiranomasidir — kitobning aksariyat qismi Naximiyo tomonidan, yaʼni birinchi shaxs tilidan hikoya qilingan (1:1-7:73, 12:27-43, 13:1-31), kitobda uchinchi shaxsdan bayon qilingan ayrim parchalarnigina uchratishimiz mumkin (8:1-12:26, 12:44-47)..
Naximiyo Quddus uchun qaygʻuradi
Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilida#1:1 Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili — miloddan oldingi 445 yil. Artakserks ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 465-424 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan., Xislav oyida#1:1 Xislav oyi — ibroniy kalendarining toʻqqizinchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan noyabrning oʻrtasidan boshlanadi. men Shushandagi#1:1 Shushan — Elam viloyatining poytaxti boʻlib, Bobildan sharqda joylashgan edi. Shushan qalʼasi Fors shohlarining qishki qarorgohi edi. qalʼada edim. 2Shunda ukam#1:2 ukam — yoki akam. Xonin boshqa baʼzi odamlar bilan Yahudo yurtidan keldi. Men ulardan asirlikka olib ketilmagan va surgundan qaytib borgan yahudiylarning holini, shuningdek, Quddus shahrining ahvolini soʻradim. 3Ular shunday javob berdilar: “Viloyatdagi#1:3 Viloyat — Furot daryosining gʻarbidagi viloyat nazarda tutilgan. 2:7 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. asirlikka olib ketilmagan va surgundan qaytib borgan yahudiylar ogʻir qaygʻu, sharmandali ahvolda qolganlar: Quddusning devori vayron boʻlib ketgan, darvozalari yondirilgan.”
4Bu soʻzlarni eshitganimda, oʻtirib yigʻladim. Bir necha kun qaygʻurib yurdim. Roʻza tutdim, Samoviy Xudoga iltijo qilib yurdim. Unga shunday deb yolvordim:
5“Ey Samoviy Xudo — Egam! Sen buyuk va haybatli Xudosan. Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga ahdingni sodiq saqlaysan. 6Men, qulingning ibodatlarini eshit, ahvolimga boq. Isroil xalqi uchun kechayu kunduz qilgan iltijolarimni eshit. Axir, ular Sening qullaring–ku. Men xalqim qilgan hamma gunohlarni eʼtirof etaman. Men oʻzim ham, xonadonim ham gunoh qildik. 7Quling Muso orqali bergan amrlaringga, farmonlaringga, qonun–qoidalaringga biz rioya qilmadik, Seni qattiq xafa qildik.
8Yolvoraman, quling Musoga bergan vaʼdangni#1:8 quling Musoga bergan vaʼdang — Qonunlar 30:1-4 ga qarang. Shu bobning 8-9–oyatlaridagi Naximiyoning iltijosi Qonunlar kitobida Xudo bergan vaʼdaning aynan koʻchirmasi emas, balki oʻzgartirilgan ifodasidir. yodingda tut. Axir, Sen shunday degansan: «Agar sizlar Menga sodiq boʻlmasangizlar, Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib yuboraman. 9Lekin Menga yuz bursangizlar, amrlarimga rioya qilib, ularni bajarsangizlar, Men sizlarni yigʻib olaman. Yerning eng chetiga surgun qilingan boʻlsangiz ham, sizlarni oʻsha joylardan yigʻib kelaman, Men ulugʻlanishim uchun tanlangan joyga sizlarni qaytarib olib kelaman.»
10Biz Sening qullaringmiz, buyuk qudrating va ajoyibotlaring bilan Oʻzing qutqargan xalqingmiz. 11Yo Rabbiy! Bu qulingning iltijolarini eshit. Seni izzat–hurmat qilishni xush koʻradigan hamma qullaringning iltijolariga quloq tut. Men, qulingga bugun muvaffaqiyat ber, shoh Artaxshasda menga nisbatan shafqat uygʻotgin.”
Oʻsha paytlarda men shohning soqiysi#1:11 shohning soqiysi — shohga oʻz qoʻli bilan sharob quyadigan, saroyda yuqori martabaga ega boʻlgan, ishonchga loyiq aʼyon. Shuningdek, u shoh uchun sharob tanlashi va uni tatib koʻrib, zaharli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi. edim.

Currently Selected:

Naximiyo 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy