Quling Muso orqali bergan amrlaringga, farmonlaringga, qonun–qoidalaringga biz rioya qilmadik, Seni qattiq xafa qildik.
Yolvoraman, quling Musoga bergan vaʼdangni yodingda tut. Axir, Sen shunday degansan: «Agar sizlar Menga sodiq boʻlmasangizlar, Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib yuboraman. Lekin Menga yuz bursangizlar, amrlarimga rioya qilib, ularni bajarsangizlar, Men sizlarni yigʻib olaman. Yerning eng chetiga surgun qilingan boʻlsangiz ham, sizlarni oʻsha joylardan yigʻib kelaman, Men ulugʻlanishim uchun tanlangan joyga sizlarni qaytarib olib kelaman.»