YouVersion Logo
Search Icon

Naximiyo 2

2
2–BOB
Naximiyo Quddusga boradi
1Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili#2:1 Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili — 1:1 ning ikkinchi izohiga qarang., Nison oyi#2:1 Nison oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. edi. Bir kuni shohga sharob keltirildi. Men sharobni olib kirib, unga uzatdim. Shoh qarshisida men hech qachon gʻamgin ahvolda boʻlmagandim. 2Shuning uchun shoh mendan soʻradi:
— Nega gʻamgin koʻrinasan? Kasalga oʻxshamaysan–ku! Yuragingda biror darding boʻlsa kerak–a?
Men qattiq qoʻrqib ketdim, 3shunga qaramay shohga dedim:
— Shoh hazratlarining umrlari uzoq boʻlsin. Ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shahar tashlandiq boʻlib, oʻsha shaharning darvozalari yondirib yuborilsa–yu, nega gʻamgin boʻlmayin?! 4— Shoh mendan:
— Tilaging nima? — deb soʻradi. Shunda men Samoviy Xudoga ibodat qilib, 5shohga shunday javob berdim:
— Agar shoh hazratlari maʼqul topsalar, bu qulingiz shoh hazratlaridan marhamat topgan boʻlsa, meni Yahudo yurtiga — ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shaharga yuborsalar, deb iltimos qilmoqchi edim, toki men u shaharni qaytadan qurayin.
6Malika ham shohning yonida oʻtirgan edi. Shoh mendan:
— Qancha vaqt yoʻl yurasan? Qachon qaytib kelasan? — deb soʻradi. Men unga qachon qaytib kelishimni aytdim. Shoh menga marhamat qilib, ijozat berdi. 7Soʻngra men shohga yana dedim:
— Agar shoh hazratlari maʼqul deb topsalar, Furot daryosining gʻarbidagi viloyat#2:7 Furot daryosining gʻarbidagi viloyat — Fors shohligiga qarashli boʻlgan katta bir viloyat. Bu viloyat Furot daryosi bilan Oʻrta yer dengizi oraligʻida joylashgan boʻlib, Yahudo yurtini ham oʻz ichiga olgan edi. hokimlariga maktublar yozib berilsa, toki Yahudoga kirib borishim uchun ular menga ijozat berishsin. 8Yana shoh hazratlari oʻrmon qorovuli Osifga ham maktub yozib, unga koʻrsatmalar bersalar, u menga daraxtlar kesib bersin. Maʼbad yonidagi qalʼa darvozalari uchun, shahar devori va oʻzim yashaydigan uy uchun kerak boʻladigan yogʻoch bilan u meni taʼminlasin.
Men nima soʻragan boʻlsam, shoh hammasiga ijozat berdi, chunki Xudoyimning marhamati menga yor edi.
9Shoh bir necha lashkarboshisini va otliq sipohlarini menga hamroh qilib joʻnatdi. Men Furot daryosining gʻarbidagi viloyat hokimlari huzuriga borib, ularga shohning maktublarini berdim. 10Bayt–Xoʻronlik Sanballat#2:10 Bayt–Xoʻronlik Sanballat — Fors shohligiga qarashli boʻlgan Samariya viloyatining hokimi. Quddusdan qariyb 20 kilometr shimoli–sharqda joylashgan Bayt–Xoʻron shahri, Quddusga olib boradigan asosiy yoʻlni dushmanlardan muhofaza qilar edi. va Ommonlik malay Toʻviyo: “Isroil xalqining manfaati uchun jon kuydiradigan bittasi kelibdi” degan gapni eshitib, gʻoyat gʻazablandilar.
Naximiyo Quddus devorini koʻzdan kechiradi
11Shunday qilib, men Quddusga yetib keldim. Oradan uch kun oʻtgach, 12tunda oʻrnimdan turdim, yonimga bir nechta sheriklarimni olib, tashqariga chiqdim. Lekin Quddus haqidagi Xudo koʻnglimga solgan rejamni hech kimga aytmadim. Men mingan eshakdan boʻlak boshqa birorta hayvonni oʻzimiz bilan olmadik. 13Men tunda Soylik darvozasi orqali shahardan chiqib, Ajdar bulogʻiga#2:13 Ajdar bulogʻi — yoki Chiyaboʻri bulogʻi., u yerdan Goʻng darvozasiga bordim. Vayron boʻlib yotgan Quddus devorini, yonib ketgan darvozalarini koʻzdan kechirdim. 14Soʻngra Buloq darvozasiga va Shoh hovuziga bordim. Lekin minib borayotgan eshagim vayronalar orasidan yoʻl topa olmadi. 15Shu sababdan men Qidron soyligiga#2:15 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang. tushdim. Soylik boʻylab chiqib borib, oʻsha yerdan devorni koʻzdan kechirishda davom etdim. Soʻng ortimga qaytib, Soylik darvozasi orqali shaharga kirdim.
16Qayerga borganimni, nima qilayotganimni shahar amaldorlari bilmasdilar. Men yahudiylarga, ruhoniylarga, yoʻlboshchilarga, amaldorlarga va ishda qatnashadigan boshqa odamlarga hali hech gap aytmagandim. 17Nihoyat, endi ularga shunday dedim: “Qanchalar kulfatda qolganimizni oʻzlaringiz koʻrib turibsizlar! Quddus vayron boʻlib yotibdi, shaharning darvozalari yonib ketgan. Kelinglar, shahar devorini qaytadan quraylik, sharmandali ahvolimizdan qutulaylik.” 18Xudoyimning marhamati menga yor boʻlganini va shohning menga aytgan gaplarini ularga aytib berdim. Ular: “Qurilishni boshlaylik”, deyishdi. Shunday qilib, ular ishni boshlashga tayyor boʻldilar.
19Bayt–Xoʻronlik Sanballat, Ommonlik malay Toʻviyo va Arabistonlik Gashim buni eshitib, bizning ustimizdan kuldilar, nafrat bilan shunday dedilar:
— Bu qilayotganlaringiz nimasi?! Sizlar shohga qarshi isyon koʻtaryapsizlarmi?!
20Men ularga shunday javob berdim:
— Samoviy Xudo ishimizning barorini beradi. Biz, Uning qullari, devorni qayta qurishni boshlaymiz. Ammo sizlar bizga gaplaringizni oʻtkaza olmaysizlar, qoʻlingizdan hech narsa kelmaydi. Sizlar bizning diniy marosimlarimizda ham qatnasha olmaysiz.

Currently Selected:

Naximiyo 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy