YouVersion Logo
Search Icon

Xaggey 1

1
1–BOB
Maʼbadni qaytadan qurish toʻgʻrisida Egamizning amri
1Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili#1:1 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 520 yil. Doro miloddan oldingi 522-486 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan. oltinchi oyining#1:1 oltinchi oy — ibroniy kalendarining Elul oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan avgustning oʻrtasidan boshlanadi. birinchi kuni edi. Egamiz Xaggey paygʻambar orqali Yahudo#1:1 Yahudo — oʻsha davrda Yahudo yurti Fors shohligining hukmronligi ostida boʻlgan. Yahudo yurti hududiga faqat Quddus va uning atrofidagi yerlar kirardi. Yahudo shohlari hukmronlik qilgan davrda esa bu yurtning hududi ancha katta edi. hokimi Shaltiyol oʻgʻli Zarubabelga#1:1 Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel — 1 Solnomalar 3:17-19 ga koʻra, Zarubabel Shaltiyolning ukasi Podiyoning oʻgʻli edi. Shaltiyol va Podiyo surgun qilingan Yahudo shohi Yohayxinning oʻgʻillari boʻlib, Shaltiyol toʻngʻich farzand edi (4 Shohlar 24:8-17 ga qarang). Shaltiyolning oʻgʻli boʻlmaganiga ikki taxmin mavjud: u befarzand edi yoki farzandlari boʻlgan–u, ammo hammasi halok boʻlgan. Sababi nima boʻlishidan qatʼi nazar, shoh sulolasi Podiyo orqali davom etgan. Matndagi “Shaltiyol oʻgʻli” iborasi Zarubabel shoh Yohayxinning haqqoniy taxt vorisi ekanligini koʻrsatadi. va oliy ruhoniy Yohuzadax oʻgʻli Yoshuaga quyidagi soʻzlarini ayon qildi:
2-3Sarvari Olam shunday demoqda: “Bu xalq: «Egamizning uyini qurish vaqti hali kelgani yoʻq», deb aytadi. 4Ey Isroil xalqi, Mening uyim vayron boʻlib yotganda#1:4 …Mening uyim vayron boʻlib yotganda… — Maʼbad Bobilliklar tomonidan miloddan oldingi 586 yilda vayron qilingan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang). Bobilda surgunda boʻlgan yahudiylarning birinchi guruhi miloddan oldingi 538 yilda Quddusga qaytib, Maʼbadni qayta qurishni boshlagan edi (Ezra 1:1-11 ga qarang). Miloddan oldingi 536 yilda Maʼbadning poydevori bitgan edi. Ammo Maʼbadning qayta qurilishi koʻp qarshiliklar tufayli miloddan oldingi 520 yilgacha toʻxtab qolgan edi (Ezra 3:7-4:5 ga qarang)., sizlar hashamatli uylarda yashashingizning vaqtimi?!” 5Mana endi Sarvari Olam demoqda: “Oʻz ahvolingizga qarab, yaxshilab oʻylab koʻringlar–chi! 6Koʻp ekib, kam oʻrasiz. Ovqat yeysiz–u, toʻymaysiz. Ichasiz, ammo chanqogʻingiz qonmaydi, ustingizga kiyasiz–u, isinolmaysiz. Kim pul ishlasa, uning puli yirtiq hamyonga tushadi.”
7Sarvari Olamning kalomi shudir: “Oʻz ahvolingizga qarab, yaxshilab oʻylab koʻring, axir! 8Togʻlarga chiqib, yogʻoch olib tushinglar–da, Mening uyimni quringlar. Men uni koʻrib zavqlanaman, u yerda ulugʻlanaman, — deydi Egamiz. 9— Koʻp hosil olishni umid qilgan edingiz, mana kam oldingiz. Uyga olib kelganingizni sochib yubordim. Nima uchun?” Sarvari Olam shunday demoqda: “Mening uyim vayron boʻlib yotgan paytda, sizlar faqat oʻz uyingiz haqida oʻylaganingiz uchun shunday qildim. 10Sizlarning dastingizdan osmondan shudring tushmadi, yer ham hosil bermadi. 11Men dalalarga, qirli joylarga qurgʻoqchilik#1:11 qurgʻoqchilik — ibroniychada qurgʻoqchilik va vayron soʻzlari oʻzaro ohangdosh. Bu soʻz Maʼbadning ahvolini tasvirlaydi (shu bobning 4, 9–oyatlariga qarang). keltirib, don, uzum sharbati va zaytun moyini quritdim. Yerdan chiqqan barcha hosilni yoʻq qildim, odamlar va hayvonlarni qiyinchiliklarga duchor qildim. Insonlarning oʻz qoʻllari bilan qilgan mehnatlarini puchga chiqardim.”
Xalq Xudoning buyrugʻiga boʻysunadi
12Shundan keyin Zarubabel, oliy ruhoniy Yoshua#1:12 …Zarubabel, oliy ruhoniy Yoshua… — ibroniycha matnda …Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel, oliy ruhoniy Yohuzadax oʻgʻli Yoshua…. va surgundan qaytib kelgan barcha xalq oʻzlarining Egasi Xudoga itoat qilishdi. Oʻzlarining Egasi Xudo yuborgan Xaggey paygʻambarning soʻzlariga quloq solishdi, chunki ular Egamizdan qoʻrqardi.
13Egamizning elchisi Xaggey Uning quyidagi soʻzlarini xalqqa yetkazdi:
— Egamizning kalomi shudir: “Men sizlar bilan birgaman.”
14Yahudo hokimi Zarubabelni, oliy ruhoniy Yoshuani va surgundan qaytib kelgan butun xalqni Egamiz ruhlantirdi. Shunda ular hammalari kelib, oʻzlarining Xudosi, Sarvari Olamning uyini tiklashni boshladilar. 15Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili oltinchi oyining#1:15 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili oltinchi oyi — shu bobning 1–oyatiga va oʻsha oyatning birinchi va ikkinchi izohlariga qarang. yigirma toʻrtinchi kunida Maʼbadning qayta qurilishi boshlandi.

Currently Selected:

Xaggey 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy