YouVersion Logo
Search Icon

Xaggey 2

2
2–BOB
Yangi Maʼbadning ulugʻvorligi
1Oʻsha yilning#2:1 Oʻsha yil — 1:1 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang. yettinchi oyi#2:1 yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi., yigirma birinchi kunida Egamiz yana xabar yuborib, quyidagi soʻzlarni Xaggey paygʻambarga ayon qildi:
2Yahudo#2:2 Yahudo — 1:1 ning uchinchi izohiga qarang. hokimi Shaltiyol oʻgʻli Zarubabelga#2:2 Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel — 1:1 ning oxirgi izohiga qarang., oliy ruhoniy Yohuzadax oʻgʻli Yoshuaga va surgundan qaytib kelgan butun xalqqa shu gaplarni yetkaz: 3“Orangizda oldingi Maʼbadning#2:3 oldingi Maʼbad — 1:4 izohiga qarang. shuhratini koʻrganlar bormi? Hozirgi koʻrinishi qanday? Oldingisi bilan solishtirganda bunisi arzimagan bir narsaday–ku, axir! 4-5Egamizning kalomi shudir: «Endi dadil boʻl, ey Zarubabel! Dadil boʻl, ey oliy ruhoniy Yoshua! Ey surgundan qaytib kelgan shu yurt ahli, endi dadil boʻlinglar!» Sarvari Olam shunday demoqda: «Mening Ruhim hali ham sizlarning orangizda, qoʻrqmanglar. Ishga kirishinglar, chunki Misrdan chiqqaningizda sizlarga bergan vaʼdamga binoan Men sizlar bilan birgaman.»
6Axir, Sarvari Olamning kalomi shudir: «Birpasdan keyin yana yeru osmonni, dengiz va quruqlikni larzaga solaman. 7Barcha xalqlarni titrataman, ularning xazinasi shu yerga keltiriladi.» Sarvari Olam demoqda: «Oʻshanda Men mana shu Maʼbadni hashamat bilan boy qilaman.» 8Sarvari Olamning kalomi shudir: «Kumush Meniki, oltin ham Menikidir.» 9Sarvari Olam aytmoqda: «Bu Maʼbadning keyingi shuhrati oldingisidan ham ulugʻroq boʻladi.» Sarvari Olamning kalomi shudir: «Mana shu yerga tinchlik ato qilaman.»”
Itoatkorlikdan kelgan baraka
10Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili#2:10 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 520 yil (1:1 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang)., toʻqqizinchi oyning#2:10 toʻqqizinchi oy — ibroniy kalendarining Xislav oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan noyabrning oʻrtasidan boshlanadi. yigirma toʻrtinchi kunida Xaggey paygʻambar orqali Egamizning quyidagi soʻzlari ayon boʻldi. 11Xaggey ruhoniylarga dedi:
— Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ruhoniylardan qonun boʻyicha quyidagi holatlarni ajrim qilishni soʻra: 12agar birortasi kiyimining etagida qurbonlikdan olingan muqaddas goʻshtni olib ketayotgan boʻlsa, oʻsha kiyimning etagi bilan non, shoʻrva, sharob, zaytun moyi yoki boshqa yeguliklarga tegib ketsa, oʻsha narsalar ham muqaddas hisoblanadimi?”
Ruhoniylar Xaggeyga:
— Yoʻq#2:12 Yoʻq — Tavrotga koʻra, muqaddas goʻshtga tekkan kiyim ham muqaddas boʻlardi (Levilar 6:27 ga qarang). Ammo bunday kiyimga tekkan narsa muqaddas boʻlib qolmasdi, chunki muqaddaslik birin–ketin boshqa narsalarga oʻtib ketmaydi., — deb javob berdilar.
13Xaggey yana soʻradi:
— Agar birortasi inson jasadiga tekkani uchun harom boʻlsa–yu, yuqorida aytib oʻtilgan yeguliklardan biriga tegsa, oʻsha yeguliklar harom hisoblanadimi?
Ruhoniylar:
— Ha#2:13 Ha — Tavrotda koʻra, harom narsaga tekkan odam harom boʻlardi. Oʻsha odam tekkan har qanday boshqa narsa ham harom hisoblanadi (Sahroda 19:11-13, 22 ga qarang). Muqaddaslikdan farqli ravishda (shu bobning 12–oyati izohiga qarang), haromlik birin–ketin boshqa narsalarga oʻtib ketaverardi., — deb javob berdilar.
14Shunda Xaggey dedi:
— Egamizning kalomi shudir: “Mana bu odamlar ham, bu xalq ham oldimda xuddi shundaydir#2:14 …Mana bu odamlar ham, bu xalq ham oldimda xuddi shundaydir — shu bobdagi 12-14–oyatlarning maʼnosi quyidagicha: xalq oʻzlarini oʻsha muqaddas kiyimday hisoblardilar (shu bobning 12–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Chunki ular Egamiz bilan boʻlgan munosabatlari orqali muqaddas qilingan edilar (Chiqish 19:3-6 ga qarang). Ular, biz Xudoning aziz xalqi boʻlganimiz uchun, Xudo bizning yurtimizga alohida baraka beradi, deb oʻylardilar. Ammo Xaggey xalqqa aslida vaziyat qanday ekanligini tushuntiradi. Xaggeyning taʼkidlashicha, Maʼbadning vayronalari harom murdaday edi (shu bobning 13–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Xalq Quddusdagi qurbongohda qurbonliklar keltirsa ham (Ezra 3:1-6 ga qarang), ular Maʼbadga eʼtiborsizliklari oqibatida harom boʻlgan edilar. Xudo yurtni laʼnatlashiga ana shular sabab boʻlgan edi (1:3-11 ga qarang). Xaggey xalqqa tanbeh berib, ularni Maʼbadni qayta qurishga daʼvat qiladi.. Ular qilgan ishlarning hammasi, ular keltirgan har bir nazr ham haromdir. 15Endi sizga nima boʻlgani haqida oʻylab koʻring. Mening Maʼbadimni qayta qurishni boshlamasingizdan oldin#2:15 Mening Maʼbadimni qayta qurishni boshlamasingizdan oldin… — miloddan oldingi 536-520 yillar nazarda tutilgan. Shu yillarda Maʼbadni qayta qurish boʻyicha hech qanday ish qilinmagan edi (1:4 izohiga qarang). nimalar boʻlgani haqida oʻylab koʻring. 1620 chora don olaman deb, xirmonga borganingizda, u yerda faqat 10 chora don boʻlardi. Xumdan 50 koʻza sharob olaman deb, borganingizda esa faqat 20 koʻza sharob topardingiz.” 17Egamiz demoqda: “Mehnatingizning barcha samarasini yoʻq qilay deb garmsel#2:17 garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol., shira va doʻl yubordim. Shunda ham Menga qaytishni rad qildingiz. 18-19Ammo bugun#2:18-19 bugun — shu bobning 10–oyatiga qarang., toʻqqizinchi oyning yigirma toʻrtinchi kunidan boshlab, sizlarga nima boʻlishiga eʼtibor beringlar. Maʼbadimning poydevori yotqizilganiga ancha boʻldi#2:18-19 Maʼbadimning poydevori yotqizilganiga ancha boʻldi — oʻn olti yil oldin, yaʼni miloddan oldingi 536 yil nazarda tutilgan (1:4 izohiga qarang).. Oʻshandan beri, ekkan urugʻlaringiz deyarli hosil bermas edi, toklaringiz, anjirlaringiz, anorlaringiz va zaytun daraxtlaringizning hosili bebaraka edi. Ammo bugundan boshlab, Men sizlarga baraka beraman.”
Egamizning Zarubabelga bergan vaʼdasi
20Oʻsha kuni#2:20 Oʻsha kuni — shu bobning 10–oyatiga qarang., oyning yigirma toʻrtinchi kunida Egamiz yana xabar yuborib, quyidagi soʻzlarni Xaggey paygʻambarga ayon qildi:
21Yahudo hokimi Zarubabelga ayt: “Osmon va yerni larzaga solaman. 22Shohliklarning taxtlarini agʻdaraman, xalqlarning shohliklariga barham beraman. Jang aravalari va ularning ustidagilarni agʻdaraman. Otlar, chavandozlar yiqiladi, hamma bir–birining qilichidan halok boʻladi.
23Egamizning kalomi shudir: «Ey qulim Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel, oʻsha kuni, — demoqda Sarvari Olam, — seni Oʻz muhr uzugimday qilaman#2:23 …seni Oʻz muhr uzugimday qilaman… — muhr uzugi Xudo tomonidan shohga berilgan hokimiyat timsoli edi (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MUHR soʻziga qarang). Xudo Dovudga, sening nasling to abad Isroil taxtida oʻtiradi, deb vaʼda bergan edi (2 Shohlar 7:16 ga qarang). Ammo Dovud naslidan boʻlgan shoh Yohayixin qilgan gunohlari uchun Xudo tomonidan rad etilib, jazolangan (4 Shohlar 24:8-17 ga qarang). Shu bois Yohayixin Xudo ishlatmaydigan muhr uzugiday boʻlib qolgan edi (Yeremiyo 22:24-30 ga qarang). Shunga qaramay, Xudo Dovudga bergan vaʼdasiga sodiq qolib, bu oyatda, Dovud naslidan boʻlgan Zarubabelga, seni muhr uzugimday qilaman, deb aytgan. Dovud sulolasi Yohayxinning haqqoniy taxt vorisi boʻlgan Zarubabel orqali davom etgan (1:1 ning oxirgi izohiga qarang)., chunki Men seni tanlaganman.» Sarvari Olamning kalomi shudir.”

Currently Selected:

Xaggey 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy