YouVersion Logo
Search Icon

Xaggey Kirish

Kirish
Mazkur kitob miloddan oldingi 520 yilda Xudo Xaggey paygʻambar orqali yuborgan xabarlardan tashkil topgan toʻplamdir. Miloddan oldingi 538 yilda Fors shohi Kurush bergan farmonga koʻra, yahudiylar Bobildan Quddusga qaytib, Maʼbadni qayta qurishga kirishadilar#…yahudiylar Bobildan Quddusga qaytib, Maʼbadni qayta qurishga kirishadilar — Ezra 1:1-11, 3:7-13 ga qarang.. Biroq koʻp qarshiliklar sababli qayta qurish ishlari toʻxtab qoladi#…qayta qurish ishlari toʻxtab qoladi — Ezra 4:1-5 ga qarang..
Miloddan oldingi 520 yilgacha yahudiylarning aksariyat qismi Bobildagi surgundan qaytib keladi. Biroq odamlar Xudoning uyiga eʼtiborsiz boʻlib, faqat oʻz uylarini qurish, shinam qilish bilan ovora boʻlishadi. Xalqning Xudoga boʻlgan bunday hurmatsizligi va itoatsizligi koʻp kulfatlarga sabab boʻladi: osmondan shudring tushmaydi, yer hosil bermaydi, yurtda qahatchilik hukm suradi, xalq qashshoqlashadi, qilgan mehnatlari samarasiz boʻladi.
Xaggey paygʻambar beparvo boʻlgan Yahudo xalqini Maʼbadni tiklashga chaqiradi. Zero, shu orqaligina xalq Xudoga oʻzining chin hurmati va eʼtiborini namoyon qila olardi. Xalq Maʼbadni qurishni boshlagandan keyin, Xudo ularga baraka berishni va yurtiga farovonlik ato etishni vaʼda qiladi.

Currently Selected:

Xaggey Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy