YouVersion Logo
Search Icon

Zafaniyo 3

3
3–BOB
Quddusning gunohi va itoatsizligi
1Bulgʻangan, buzuq shaharning holiga voy!
Zolimlarga toʻlib ketgan shaharning holiga voy!
2U hech kimning gapiga quloq solmaydi,
Oʻziga hech qanday saboq olmaydi.
Oʻz Xudosi tomon yuz burmaydi,
Umidini Egamizga bogʻlamaydi.
3Shahar aʼyonlari oʻkirayotgan sherlarga oʻxshaydi.
Hakamlari ham kechasi och qolgan boʻrilarga oʻxshab,
Ertalabgacha oʻljasidan hech narsa qoldirmaydi.
4Paygʻambarlari katta ketadi,
Hammasi qalloblik qiladi.
Ruhoniylari Xudoning uyini harom qiladi,
Xudoning qonunini buzadi.
5Ammo Egamiz hamon shahardadir.
U doimo toʻgʻri ish qiladi,
U nohaqlik qilmaydi aslo!
U har kuni ertalabdan adolat oʻrnatadi,
Tong sahardan odillik bilan ish tutadi,
Fosiqlar esa uyalmay yomonlik qilaveradi.
6Egamiz shunday deydi:
“Men xalqlarni qirib tashladim,
Ularning shaharlarini vayron qildim,
Qalʼalarini qulatdim.
Ana, koʻchalari huvullab qoldi,
Shaharlarida inson zoti qolmadi.
7Endi xalqim Mendan qoʻrqar,
Bundan oʻziga saboq olar, deb oʻylagan edim.
Quddusni vayron qilmayman,
Aytganlarimni boshiga solmayman, degan edim.
Ammo ular shunda ham,
Qabihliklar qilish ishtiyoqidan voz kechmadilar.”
Xalqlar Egamizga yuz buradi
8Egamiz shunday demoqda:
“Mening kelishimni kutinglar,
Men xalqlarga hamla qilib,
Ularni talon–taroj qiladigan kunni kutinglar.
Men qaror qildim: xalqlarni yigʻaman,
Barcha ellarni toʻplab olaman.
Ularning ustiga gʻazabimni sochaman,
Alangali qahrimni ularga yogʻdiraman.
Rashkim oʻti butun dunyoni kuydirib tashlaydi.
9Keyin Men barcha xalqlarning nutqini oʻzgartiraman,
Shunda ular butlarga iltijo qilishmaydi#3:9 …ular butlarga iltijo qilishmaydi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …ularning lablari pok boʻladi…. Mazkur jumla xalqlar butlarga ibodat qilmasliklariga va topinmasliklariga ishora qiladi.,
Faqat Men, Egangizgagina ibodat qilishadi.
Birgalikda Menga xizmat etishadi.
10Olis yurtlardan ixlosmandlarim kelishadi,
Habashistondagi#3:10 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. Mazkur oyatda Quddusdan uzoqda boʻlgan joylar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. daryolarning narigi tomonidan,
Menga nazrlar olib kelishadi.
11Ey xalqim, oʻsha kuni sizlar uyalib qolmaysizlar,
Oldinlari Menga boʻysunmaganingizdan oʻshanda xijolat tortmaysizlar.
Axir, Men orangizdagi takabbur odamlarni yoʻq qilaman.
Shunda muqaddas togʻimda#3:11 muqaddas togʻim — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang. oʻzlaringizni katta tutmaydigan boʻlasizlar.
12Men faqat kamtarin va itoatkor odamlarni qoldiraman.
Ular Men, Egangizdan panoh topadilar.
13Isroil#3:13 Isroil — bir paytlar Isroil nomi shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL soʻziga qarang). Zafaniyo davriga kelib, oʻsha shohlik yoʻq boʻlib ketgan edi. Shu sababdan mazkur oyatdagi bu nom Xudoning jamiki xalqiga ishora qiladi (shu bobning 14, 15–oyatlarida ham bor). xalqining omon qolganlari
Hech yomonlik qilmaydilar.
Ular hech kimni aldamaydilar,
Ogʻizlaridan yolgʻon soʻz chiqmaydi.
Ular yaylovda oʻtlab yurgan qoʻylarday orom oladilar,
Hech kim ularni bezovta qilmaydi.”
Sevinch qoʻshigʻi
14Ey Isroil xalqi, sevinch ila hayqiring!
Ey Quddus aholisi, kuylang!
Ey Sion#3:14 Sion — shu bobning 11–oyati izohiga qarang. ahli, butun qalbingizdan shodlaning!
15Egamiz sizlarni jazolab boʻldi,
Dushmanlaringizni U quvib yubordi.
Isroilning Shohi — Egamiz orangizdadir.
Siz endi kulfatdan qoʻrqmang.
16Oʻsha kuni Quddusga shunday soʻzlar aytiladi:
“Ey Sion aholisi, qoʻrqmang! Aslo boʻshashmang!
17Egangiz Xudo sizning orangizdadir,
Sizga zafar keltiruvchi jangchi Oʻshadir.
U sizni deb xursand boʻlib sevinadi.
Oʻz sevgisi ila qoʻrquvlaringizdan xalos qiladi#3:17 Oʻz sevgisi ila qoʻrquvlaringizdan xalos qiladi — yoki Sizga boʻlgan sevgisi tufayli U sukut saqlaydi..
Ha, sizni deb shod boʻlib kuylaydi.”
18Egamiz shunday deydi:
“Ey surgun boʻlganlar,
Tayinlangan bayramlarda
Sizlar qatnasha olmaganingizdan xafasizlar,
Men sizlarni oʻz yurtingizga olib kelaman,
Bundan buyon xor boʻlishingizga yoʻl qoʻymayman.
19Sizlarga zulm oʻtkazgan xalqlar bilan
Oʻshanda Oʻzim hisob–kitob qilaman.
Men choʻloqlarni qutqaraman,
Haydab yuborilganlarni yigʻib olaman.
Ular sharmanda boʻlgan har bir yurtda
Obroʻ va shuhrat topadilar.
20Ha, oʻsha vaqtda sizlarni yigʻib olaman,
Uylaringizga eltib qoʻyaman.
Sizlarni yana farovonlikka erishtiraman,
Buni oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz,
Xalqlarning hurmatu maqtovlariga sazovor boʻlasiz.”
Egamizning kalomi shudir.

Currently Selected:

Zafaniyo 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy