YouVersion Logo
Search Icon

Rut 3

3
3–BOB
Rut va Boʻaz xirmonda
1Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Rutga qaynanasi Naima shunday dedi:
— Qizim, birortasi bilan roʻzgʻor qilsang, oʻzingga yaxshi boʻlarmidi. Men senga qayliq topib berishim lozim. 2Oʻsha Boʻaz bizning qarindoshimiz, sen uning choʻrilari bilan birga boʻlgan eding–ku. Bilasanmi, bugun kechqurun#3:2 bugun kechqurun — oqshomgi shabadada dehqon donini toʻpondan ajratib tozalash uchun xirmonda ishlardi. u xirmonda arpasini sovuradi. 3Endi sen yuvinib–taranib, chiroyli kiyimlaringni kiy, keyin xirmonga bor. Lekin Boʻaz yeb–ichib boʻlmaguncha, unga koʻrinma. 4U uxlashga yotganda, yotgan joyini bilib olgin–da, soʻng borib oyoq tomonini ochib, oʻsha yerda yot#3:4 …oyoq tomonini ochib, oʻsha yerda yot — shunday qilib Rut oʻzining himoyachiga muhtoj ekanligini bildiryapti. Uning bu harakati Boʻaz bilan turmush qurish niyati borligini koʻrsatayotgan boʻlishi mumkin.. Nima qilishni uning oʻzi aytadi.
5Rut qaynanasiga:
— Hammasini aytganingizday qilaman, — dedi.
6Rut xirmonga joʻnadi. Yetib kelib, qaynanasi aytganday qildi. 7Boʻaz yeb–ichdi, vaqti chogʻ boʻldi. Soʻng gʻaram yoniga borib yonboshladi–da, uxlab qoldi. Rut ohista kelib, uning oyoq tomonini ochib, yotdi. 8Yarim kechasi Boʻaz choʻchib uygʻonib ketdi. Qarasa, oyoq tomonida bir ayol yotibdi.
9— Kimsan? — deb soʻradi ayoldan. Rut unga:
— Sizning choʻringiz Rutman. Choʻringizni panohingizga olsangiz#3:9 Choʻringizni panohingizga olsangiz… — ibroniycha matnda Kiyimingizning etagini ustimga yopib qoʻysangiz…. Bu ibora nikoh orqali ayol kishini himoya qilishga va xavfsizligini taʼminlashga ramziy maʼnoda ishora qiladi (Hizqiyol 16:8 ga qarang)., axir, siz bizning oilamizni panohingizga olishga burchli odamsiz#3:9 …oilamizni panohingizga olishga burchli odamsiz… — ibroniycha matnda maxsus termin boʻlib, uning soʻzma–soʻz tarjimasi …qutqaruvchisiz… (shu bobning 12–oyatida ham bor). 2:20 ning ikkinchi izohiga qarang., — dedi. 10Boʻaz Rutga dedi:
— Seni Xudo yorlaqasin, qizim. Oilangga sening bu safargi qilgan sadoqating oldingisidan ham aʼlodir. Sen kambagʻal yoki boyvachcha yigitlarning ortidan chopmading. 11Endi xavotirlanma, qizim. Aytganlaringning hammasini muhayyo qilaman. Butun shahar xalqi sening olijanob ayol ekanligingni biladi. 12Toʻgʻri, men sizlarning oilangizni panohimga olishga burchli odamman, lekin bu ishga mendan ham yaqinrogʻi bor. 13Shu kecha oʻtsin, yotaver. Agar ertaga u kishi senga nisbatan oʻz burchini oʻtamoqchi boʻlsa, mayli, seni olaversin. Bordi–yu, oʻz burchini oʻtashni xohlamasa, men oʻz zimmamga olaman. Xudo haqi, men oʻz zimmamga olaman. Ertalabgacha uxlayver. 14Lekin tong paytida turib ket, xirmonga kelganingni odamlar bilmay qoʻya qolishsin.
Rut Boʻazning oyoq tomonida sahargacha uxladi. Koʻz koʻrmaydigan, gʻira–shira tong paytida Rut oʻrnidan turdi. 15Boʻaz Rutga:
— Sholroʻmolingni ochib, ushlab tur, — dedi.
Rut sholroʻmolini ochib ushlab turdi. Boʻaz esa olti togʻora#3:15 olti togʻora — ibroniycha matnda olti oʻlchov, miqdori nomaʼlum. arpa oʻlchab, sholroʻmolga soldi va orqasiga koʻtartirib qoʻydi. Keyin oʻzi shaharga joʻnab ketdi.
16Rut esa qaynanasi oldiga qaytdi. Qaynanasi undan:
— Nima boʻldi, qizim? — deb soʻradi.
Boʻaz Rutga qanday munosabatda boʻlgan boʻlsa, Rut hammasini qaynanasiga aytib berdi.
17— U, qaynanangning oldiga quruq qoʻl bilan borma, deb mana bu olti togʻora arpani ham berib yubordi, — dedi Rut.
18Qaynanasi Rutga dedi:
— Qizim, bu ishlar nima bilan tugaydi, hali bilmaysan. Kutib turgin–chi, u bu ishni bugunoq oxiriga yetkazmay qoʻymasa kerak.

Currently Selected:

Rut 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy