YouVersion Logo
Search Icon

Rut 2

2
2–BOB
Rutning Boʻaz bilan uchrashuvi
1Naimaning Boʻaz degan qarindoshi boʻlib, anchagina obroʻli, badavlat odam edi. U Naimaning marhum eri Elimalek urugʻidan edi. 2Bir kuni Moʻablik Rut Naimaga:
— Men dalaga bormoqchi edim. Kim iltifot koʻrsatsa, oʻsha daladan boshoq terib kelardim#2:2 …boshoq terib kelardim… — qonunga binoan, yigʻim–terim paytida kambagʻallar terib olsinlar deb, oʻroqchilar dalada boshoq tashlab ketishardi (Levilar 19:9-10, Qonunlar 24:19 ga qarang)., — dedi.
— Mayli, boraver, qizim, — dedi Naima.
3Rut ketdi. Dalaga yetib kelib, oʻroqchilarning orqasidan toʻkilgan boshoqlarni tera boshladi. Qarangki, bu dala Elimalekning qarindoshi Boʻazniki ekan.
4Bir payt Baytlahmdan Boʻaz kelib qoldi. U oʻroqchilarga:
— Hormanglar, Xudo sizlarga yor boʻlsin! — dedi. Ular ham:
— Bor boʻling, Xudo umringizga baraka bersin! — deb javob qaytarishdi. 5Boʻaz oʻroqchilar nazoratchisiga Rutni koʻrsatib:
— Bu juvon kim? — deb soʻradi. 6Oʻroqchilar nazoratchisi:
— Bu oʻsha Moʻablik musofir, — dedi, — Naima bilan birga Moʻab yurtidan kelgan. 7U: “Men oʻroqchilar orqasidan yurib, toʻkilgan boshoqlarni terib olsam”, deb soʻragan edi. Tong saharda kelib shu choqqacha tinmay dalada ishladi. Hozirgina chaylada bir oz dam olgani oʻtirdi.
8Boʻaz Rutga:
— Menga qara, qizim, — dedi, — boshoq terish uchun boshqa dalaga bormay qoʻya qol. Shu yerda mening choʻrilarim bilan birga yuraver. 9Sen faqat xizmatkorlarim bugʻdoy oʻrayotgan dalada boʻl, ularning orqasidan yuraver. Xizmatkorlarimga tayinlab qoʻyaman, senga indashmaydi. Chanqasang, anavi idishlarda suv bor. Quduqdan xizmatkorlarim tortib olgan, ichaver!
10Rut yer oʻpguday boʻlib taʼzim qildi–da, Boʻazga shunday dedi:
— Nechun nazaringizga tushib, shunchalik mehringizga sazovor boʻldim? Men axir, kelgindi boʻlsam, siz menga shu qadar eʼtibor beryapsiz.
11Boʻaz shunday javob berdi:
— Ering oʻlgandan keyin qaynanangga qanday munosabatda boʻlganingni menga aytib berishdi. Sen ota–onangni, yurtingni tashlab, ilgari oʻzingga begona boʻlgan xalq orasida yashashga kelding. 12Yaxshiliklaring uchun Egamdan qaytsin. Sen panoh istab kelgan Isroil xalqining Xudosi — Egamdan senga toʻliq mukofot boʻlsin.
13— Sizning mehringizga sazovor boʻlayin, toʻram! — dedi Rut. — Siz menday choʻringizning dilidagi armonlarini gapirib, tasalli berdingiz. Lekin men sizning choʻrilaringizdan birontasi emasman–ku.
14Tushlik payti boʻlganda Boʻaz Rutga:
— Bu yoqqa kel, nondan ol, musallasga botirib yegin, — dedi.
Rut xizmatkorlar yonidan joy oldi. Boʻaz unga qovurilgan donlardan uzatdi. Rut toʻydi va ozroq orttirib ham qoldirdi.
15Soʻngra Rut yana boshoq terib olay deb, oʻrnidan turib nariga ketdi. Boʻaz xizmatkorlariga shunday buyruq berdi:
— U bogʻlamlar orasidan ham terib olaversin, zinhor xafa qila koʻrmanglar. 16Hatto bogʻlamdan atayin tashlab qoldirib ketinglar. U terib olsin, uni koyimanglar.
17Shunday qilib, Rut qosh qorayguncha dalada boshoq terdi, terganlarini yanchdi. U yanchgan arpa bir togʻoradan koʻproq#2:17 …bir togʻoradan koʻproq… — ibroniycha matnda …taxminan bir efa…, taxminan 22 litrga toʻgʻri keladi. chiqdi. 18Donni koʻtarib, shaharga joʻnadi. U terib kelgan donni qaynanasiga koʻrsatdi. Rut oʻzi toʻygandan soʻng orttirib qoldirgan qovurilgan donlarni qaynanasiga berdi. 19Qaynanasi Rutdan soʻradi:
— Qayda ishlading? Kimning dalasidan boshoq terding bugun? Senga yordam koʻrsatganni Xudo yorlaqasin!
Rut kimnikida ishlaganini qaynanasiga aytdi:
— Bugun men ishlagan dalaning egasi Boʻaz degan odam ekan, — dedi. 20Naima keliniga:
— Uni Xudo yorlaqasin! — dedi hayajonlanib. — Tiriklarga, ham marhumlarga#2:20 marhumlar — Naima marhum eri va oʻgʻillarini nazarda tutyapti. sodiq qolib, marhamatini darigʻ tutmabdi.
Soʻng:
— U kishi bizning yaqin qarindoshlarimizdan, oilamizni oʻz panohiga olishga burchli odamlardan#2:20 …oilamizni oʻz panohiga olishga burchli odamlardan… — ibroniycha matnda maxsus termin boʻlib, uning soʻzma–soʻz tarjimasi …qutqaruvchilarimizdan…. Ogʻir muhtojlikda qolgan oila aʼzolariga gʻamxoʻrlik qilishga burchli yaqin qarindosh. Bunday vaziyatda oʻsha odam Naima va Rutga yordam berib, gʻamxoʻrlik koʻrsatishi, ikkovining marhum erlari Elimalek va Maxloʻnning oilasi nomini davom ettirishga yordam berishi kerak edi (Qonunlar 25:5-10 ga qarang)., — deb qoʻshib qoʻydi.
21Moʻablik Rut ham qoʻshimcha qildi:
— U menga hatto, dalamda oʻrim–yigʻim tugamaguncha, mening xizmatkorlarim bilan birga yuraver, deb aytdi.
22Naima keliniga:
— Yaxshi, qizim, sen uning choʻri qizlari bilan yuraver. Begona dalaga borsang, senga ozor berishlari mumkin, — dedi.
23Shu tariqa Rut arpa va bugʻdoy oʻrimi tugagunga qadar#2:23 …arpa va bugʻdoy oʻrimi tugagunga qadar… — iyunning oxirigacha., Boʻazning choʻri qizlari yonida boshoq terib yurar, qaynanasi bilan birga yashardi.

Currently Selected:

Rut 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy