YouVersion Logo
Search Icon

Rut 4

4
4–BOB
Boʻaz Rutga uylanadi
1Boʻaz shahar darvozasi oldiga chiqib oʻtirdi#4:1 …shahar darvozasi oldiga chiqib oʻtirdi — qadimgi paytlarda oqsoqollar va obroʻli odamlar shahar darvozasi oldida yigʻilib, hakamlik vazifasini bajarardilar. U yerda turli masalalarni koʻrib chiqib, hal qilardilar.. Oʻsha payt Boʻaz aytgan yaqin qarindoshi#4:1 yaqin qarindoshi — ibroniycha matnda maxsus termin boʻlib, uning soʻzma–soʻz tarjimasi qutqaruvchi (shu bobning 3, 6, 8–oyatlarida ham bor). 2:20 ning ikkinchi izohiga qarang. yonginasidan oʻtib qoldi. Boʻaz uning ismini aytib chaqirib:
— Bu yoqqa keling, oʻtiring, birodarim, — dedi.
Qarindoshi yaqin kelib oʻtirdi. 2Boʻaz shahar oqsoqollaridan oʻn kishini guvohlikka chaqirib:
— Shu yerda oʻtiringlar! — dedi. Ular kelib oʻtirishdi.
3Boʻaz qarindoshiga dedi:
— Moʻab yurtidan qaytib kelgan Naima bor–ku, u Elimalek akamizning dalasini sotmoqchi. 4Men shu yerda oʻtirganlar va qavmim oqsoqollari huzurida oʻsha dalani sotib olasizmi, yoʻqmi, bilay dedim. Agar siz qarindoshlik burchingizni oʻtashni xohlasangiz, mayli, sotib olavering. Bordi–yu, xohlamasangiz, ayting, men bilayin. Chunki bu burchni oʻtash birinchi navbatda sizga tushadi. Sizdan keyin navbat meniki boʻladi.
U kishi:
— Qarindoshlik burchimni men oʻtayman, — dedi. 5Boʻaz dedi:
— Xoʻp. Lekin siz Naimaning dalasini xarid qilganingizda, dala bilan birga marhum Maxloʻnning#4:5 Maxloʻn — Elimalekning oʻgʻli (1:2-5 ga qarang). bevasi Moʻablik Rutni ham olishingiz kerak. Chunki marhumning nomi oʻz mulkidan yoʻqolib ketmasligi shart.
6Shunda qarindoshi Boʻazga:
— Unday boʻlsa, men uni ololmayman, aks holda, oʻzimning mulkimni xavf ostiga qoʻygan boʻlaman#4:6 …oʻzimning mulkimni xavf ostiga qoʻygan boʻlaman — qadimgi Isroildagi qonunga koʻra, Rutdan tugʻilgan bola oʻsha yaqin qarindosh sotib olgan yerga merosxoʻr boʻlar edi. U odam vafot etgandan keyin esa oʻzining farzandlari oʻsha sotib olingan yerga qonuniy jihatdan egalik qila olmas edilar. Ularning bunga huquqlari ham boʻlmas edi. Yana 2:20 ning ikkinchi izohiga qarang.. Zimmamdagi qarindoshlik burchimni siz oʻtayvering, mening ilojim yoʻq, — dedi.
7Ilgari Isroilda qarindoshlik burchini oʻtamoqchi yoki mol–mulkini almashtirmoqchi boʻlsalar, dalil–isbot tariqasida bittasi chorigʻini yechib, ikkinchisiga berardi. Mana shu odat Isroilda qonuniy guvohlik oʻrnini bosardi.
8Shunday qilib, qarindoshi Boʻazga:
— Oʻzingiz sotib olavering, — dedi–da, chorigʻini yechib berdi. 9Shundan keyin Boʻaz oqsoqollarga va oʻsha yerdagi boshqa odamlarga murojaat qildi:
— Sizlar guvohsiz: men bugun Elimalekdan Xilyon va Maxloʻnga qolgan hamma mulkni Naimadan sotib olyapman. 10Yana Maxloʻnning xotini Moʻablik Rutni ham oʻz nikohimga olyapman, toki marhumning nomi oʻz mulkida qolsin, birodarlari orasida va kindik qoni toʻkilgan yurtida nomi yoʻqolib ketmasin. Bugun sizlar bunga guvoh boʻlib turibsizlar.
11Shunda shahar darvozasi yonida turgan odamlar va oqsoqollar:
— Biz guvohmiz, — dedilar. — Egamiz sening xonadoningga keladigan ayolni Rohila va Leaxday qilsin, ana oʻsha bibilardan Isroil xalqi bino boʻlgan. Efratda boyliklar egasi boʻlgin, Baytlahmda noming ulugʻ boʻlgay. 12Sening xonadoning Yahudoga Tamara tugʻib bergan oʻgʻli bobomiz Paraz#4:12 …bobomiz Paraz… — Yahudoning oʻgʻillaridan biri, u Boʻazning hamda Baytlahmda yashagan koʻpchilikning bobokaloni edi. Tamara marhum erining nomini davom ettirish uchun Parazni dunyoga keltirgan edi (Ibtido 38:1-30 ga qarang). xonadoniday barakali boʻlsin. Egamiz mana shu juvon orqali senga oʻshanday buyuk nasl ato etsin.
Naimaga Egamiz marhamat qiladi
13Shunday qilib, Boʻaz Rutga uylandi. Ular turmush qurib, bir yostiqqa bosh qoʻyishdi. Egamizning marhamati bilan Rut homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. 14Ayollar Naimaga aytishdi:
— Egamizga hamdu sanolar boʻlsin! U bugun senga gʻamxoʻrlik qiladigan nevara#4:14 gʻamxoʻrlik qiladigan nevara — ibroniycha matnda maxsus termin boʻlib, uning soʻzma–soʻz tarjimasi qutqaruvchi. Ogʻir muhtojlikda qolgan oila aʼzolariga gʻamxoʻrlik qilishi uchun nazarda tutilgan yaqin qarindosh. Nevara Naima va Rutning marhum erlari Elimalek bilan Maxloʻnning oilasi nomini davom ettirishi, ulgʻayganda Naima va Rutga suyanchiq boʻlishi kerak edi. berdi, merosxoʻrsiz qoldirmadi. Merosxoʻringning nomi Isroilda ulugʻ boʻlsin. 15U tufayli hayoting yana shodlikka toʻladi, qariganingda suyanchigʻing boʻladi. Chunki bu oʻgʻilni seni yaxshi koʻradigan, sen uchun hatto yetti oʻgʻildan ham aʼlo boʻlgan kelining tugʻdi.
16Naima chaqaloqni oʻziga oldi, bir dam bagʻridan uzmadi. Oʻzi enagalik qildi.
17Qoʻshni ayollar: “Naima uchun oʻgʻil tugʻildi”, deb chaqaloqqa Obid#4:17 Obid — ibroniychadagi maʼnosi xizmatkor, qul. ismini berdilar.
Shoh Dovud — Boʻaz va Rutning chevarasi
Obid Dovudning padari buzrukvori Essayning otasi boʻldi. 18Parazdan Dovudgacha boʻlgan avlod–ajdod quyidagicha:
Parazdan Xazron bunyod boʻldi.
19Xazrondan Ram bunyod boʻldi.
Ramdan Ominadav bunyod boʻldi.
20Ominadavdan Naxshoʻn bunyod boʻldi.
Naxshoʻndan Salmoʻn bunyod boʻldi.
21Salmoʻndan Boʻaz bunyod boʻldi.
Boʻazdan Obid bunyod boʻldi.
22Obiddan Essay bunyod boʻldi.
Essaydan Dovud bunyod boʻldi.

Currently Selected:

Rut 4: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy