YouVersion Logo
Search Icon

Rimliklar 3

3
3–BOB
Xudoning sadoqati
1Xoʻsh, yahudiylarning qanday ustunligi bor? Yoki sunnatning#3:1 sunnat — 2:25 izohiga qarang. nima foydasi bor? 2Yahudiylar har jihatdan katta ustunlikka egadirlar. Bu ustunlik, eng avvalo, shundan iboratki, Xudoning kalomi ularga ishonib topshirilgan. 3Ularning baʼzilari ishonmagan boʻlsa, nima boʻpti? Ularning ishonmaganligi Xudoning sadoqatini bekor qiladimi? 4Yoʻq, aslo! Axir, har bir inson yolgʻonchi boʻlsa ham, Xudo haqdir. Muqaddas bitiklarda Xudo haqida shunday yozilgan–ku:
“Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan,
Aybimni fosh etganingda doimo toʻgʻri boʻlib chiqasan.”#3:4 Zabur 50:6 ga qarang.
5Insoniy fikr yuritib aytayin: agar bizning qabihligimiz Xudoning odilligini yanada ochiqroq koʻrsatsa, nima ham derdik? Boshimizga qahr–gʻazab yogʻdirgani uchun Xudo adolatsizmi? 6Yoʻq, aslo! Xudo odildir. Xudo adolatsiz boʻlganda edi, qanday qilib dunyoni hukm qila olardi?! 7Mening yolgʻonchiligim Xudoning haqligiga urgʻu berib, Unga yanada koʻproq shon–shuhrat keltirar ekan, nima uchun men gunohkor sifatida mahkum qilinishim kerak? 8Shunday ekan, “Yaxshilik keltirsin deb, yomonlik qilaveraylikmi?” deyishimiz kerakmi?! Baʼzilar bizga tuhmat qilib, Pavlus oʻshanday taʼlim beryapti, deb aytmoqdalar. Bunday tuhmat qilganlar jazoga loyiqdir.
Hamma gunohkordir
9Xoʻsh, biz, yahudiylar, boshqalardan ustunmizmi? Yoʻq, aslo! Yuqorida isbotlab oʻtganimday, xoh yahudiy boʻlsin, xoh gʻayriyahudiy boʻlsin, har bir inson gunohning hokimiyati ostidadir. 10Axir, Muqaddas bitiklarda quyidagiday yozilgan–ku:
“Hech bir solih kimsa yoʻqdir,
Hatto bironta ham yoʻq!
11Bironta ham idrokli zot yoʻq,
Hech kim Xudoga yuz burmaydi.
12Hammasi yoʻldan ozgan, birday buzilgan,
Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yoʻqdir,
Hatto bironta ham yoʻq!#3:10-12 Zabur 13:1-3, 52:2-4 ga qarang. Yana Voiz 7:20 ga qarang.
13Ochiq qabr kabidir ogʻizlari,
Ular yolgʻon gapiradi.
Tillaridan ilon zahri tomadi#3:13 Zabur 5:10, 139:4 ga qarang..
14Ularning ogʻzidan achchiq soʻzlar, laʼnat chiqadi#3:14 Zabur 9:28 ga qarang..
15Ularning oyoqlari qon toʻkishga shoshiladi,
16Qadamidan halokatu vayrona keladi.
17Ular tinchlik yoʻllarini bilmaydi#3:15-17 Ishayo 59:7-8 ga qarang.,
18Ular Xudodan qoʻrqmaydi.”#3:18 Zabur 35:2 ga qarang.
19Biz bilamizki, qonun neki buyurgan boʻlsa, qonunga qaram boʻlganlarga buyurgan, toki har bir ogʻiz yumilsin va butun dunyo Xudo oldida javobgar boʻlsin. 20Zotan, qonunga amal qilish orqali hech kim Xudoning oldida oqlana olmaydi, chunki qonun insonga gunohkorligini yanada aniqroq koʻrsatadi.
Gunohkorni oqlash — Xudoning ishi
21Mana endi qonunga aloqasiz ravishda oqlanish yoʻlini Xudoning Oʻzi aniq koʻrsatdi. Buni Tavrot va Paygʻambarlar bitiklari#3:21 Tavrot va Paygʻambarlar bitiklari — odatda yahudiylar, Eski Ahd toʻplami uch qismdan iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi), Paygʻambarlar bitiklari (uning tarkibiga baʼzi tarixiy kitoblar ham kirgan) va Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir). Yahudiylar baʼzan dastlabki ikki qism “Tavrot va Paygʻambarlar bitiklari” deganda butun Eski Ahd toʻplamini nazarda tutadilar. tasdiqlaydi. 22Biz Iso Masihga boʻlgan imonimiz orqali Xudoning oldida oqlanamiz. Odamlar orasida hech bir farq yoʻq. 23Axir, hamma gunoh qilgan va Xudoning ulugʻvorligidan mahrumdir. 24Lekin gunohkorlar Iso Masih orqali gunohlaridan ozod boʻladilar. Ular oqlanishga loyiq boʻlmasalar–da, Xudoning inoyati bilan oqlanadilar. 25-26Xudo Iso Masihni bu dunyoga yubordi. Masihga ishonganlarning hammasi Uning toʻkilgan qoni orqali Xudo bilan yarashdi#3:25-26 …Xudo bilan yarashdi — bu ibora yunon tilidagi hilasterion soʻzining tarjimasidir. Odatda bu soʻz Xudo bilan yarashish uchun qilinadigan savob ishni bildiradi. Hilasterion soʻzi Ahd sandigʻining qopqogʻiga nisbatan Yangi Ahdda bir marta (Ibroniylar 9:5 ga qarang), Eski Ahdning qadimiy yunoncha tarjimasida esa bir necha marta ishlatilgan. Poklanish kunida odamlarni gunohdan poklash uchun qurbonlik qoni Ahd sandigʻining qopqogʻiga sachratilardi (Levilar 16:15-16 ga qarang). Mana shunga asoslanib baʼzi olimlar, Pavlus bu oʻrinda gunohdan poklanadigan joy haqida soʻz yuritib, majoziy maʼnoda Iso Masihga ishora qilyapti, deb taxmin qiladilar. Ammo ayni paytda Pavlus mazkur kitobda, Xudo gunohdan nafratlanadi, gunohga qarshi gʻazabini sochadi deb taʼlim beradi (1:18, 2:5 ga qarang). Shuning uchun bu oʻrinda Pavlus Iso Masih bizni Xudo bilan yarashtiradigan Najotkor ekanini nazarda tutgan, deb taxmin qilish xato boʻlmaydi. Chunki boshimizga tushishi kerak boʻlgan jazoni Iso Masih oʻziga olgan va shu yoʻl bilan Xudoning gunohkorlarga qaratilgan gʻazabini bosgan (5:9-11 ga va 2 Korinfliklar 5:21 ga qarang).. Shunday qilib, Xudo Oʻzining adolatini namoyon qildi. U oʻtmishda sabr–toqat qilib, ilgari qilingan gunohlarni jazosiz qoldirgan edi, endi esa Iso Masihga ishonganlarni oqlab, Oʻzining haq ekanligini koʻrsatmoqda.
27Endi maqtanishga arzigulik narsamiz qoldimi? Yoʻq, maqtovga oʻrin yoʻq. Nima sababga koʻra? Amrlarni bajo keltirishni talab qiluvchi qonunga koʻrami? Yoʻq, insonlar imon orqali oqlanganda maqtanishga hech oʻrin qolmaydi. 28Axir, inson qonun talablarini bajo qilish orqali emas, balki imon orqali oqlanadi, biz bunga qanoat hosil qildik. 29Nahotki Xudo faqat yahudiylarning Xudosi boʻlsa?! U boshqa xalqlarning ham Xudosi emasmi? Albatta, U boshqa xalqlarning ham Xudosidir. 30Axir, Xudo yagona–ku! Sunnatlilarni ham, sunnatsizlarni ham Xudo imon orqali oqlaydi. 31Demak, biz bu imon bilan qonunni bekor qilyapmizmi? Yoʻq, aslo! Aksincha, qonunni tasdiqlayapmiz.

Currently Selected:

Rimliklar 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy