YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 9

9
9–SANO
1Ijrochilar rahbariga. “Qizlar#9:1 Qizlar — yoki Oʻgʻilning oʻlimi.” kuyiga aytiladigan Dovud sanosi.
2Butun yuragimdan, ey Egam, Senga shukur aytaman,
Barcha ajoyib ishlaringni soʻylayman.
3Sen tufayli shodlanib, quvonaman.
Qoʻshiq aytib, Seni madh etaman,
Ey Xudoyi Taolo!
4Dushmanlarim chekinib qochganlarida,
Qoqilib, nobud boʻldi Sening huzuringda.
5Sen adolat ila hukm qilib taxtga oʻtirding,
Meni hukm etib, yuzimni yorugʻ qilding.
6Xalqlarni Sen vahimaga solding,
Qabihlarni qirib tashlading.
Ularning nomini bir umrga oʻchirding.
7Vayronalar ichra dushmanimiz to abad gʻoyib boʻldi,
Ularning shahrini Sen vayron etding,
Ularning xotirasi tamoman oʻchdi.
8Egamiz esa to abad Oʻz taxtida oʻtiradi,
U taxtini hukm qilish uchun qurgandir.
9U olamni adolat bilan boshqaradi,
Xalqlarni odilona hukm qiladi.
10Mazlum uchun Egamiz qalʼaday boʻladi,
Ha, qaygʻuli damlarda U panoh boʻladi.
11Ey Egam, Seni taniydiganlar
Oʻzingga umid bogʻlaydi.
Senga yuz burganlarni tark etmaysan.
12Hamdu sano kuylang Quddusda#9:12 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 15–oyatida ham bor). 2:6 izohiga qarang. taxt qurgan Egamizga!
Uning ishlarini eʼlon qiling xalqlar orasida!
13Qasoskor Egamiz mazlumlarni yodida tutadi,
Jafokashlar faryodini U unutmaydi.
14Rahm qil menga, ey Egam, qara!
Mendan nafratlangan gʻanimlarim azob bermoqda!
Oʻlim ogʻzidan meni qaytaradigan Sensan!
15Shu bois goʻzal Quddus darvozalari oldida
Senga hamdu sano aytayin,
Menga najot bergan Sensan,
Shu bois ham quvonayin.
16Xalqlar oʻzlari qazigan chuqurga oʻzlari yiqildi#9:16 Xalqlar oʻzlari qazigan chuqurga oʻzlari yiqildi… — 7:16-17 ga qarang.,
Yashirgan toʻrlariga oyoqlaridan ilindi.
17Egamiz adolatli hukmi ila
Oʻzining kimligini koʻrsatdi.
Qabihlar oʻzlari qoʻygan tuzoqqa ilindi.
18Qabihlar va Xudoni unutgan jamiki xalqlar
Oʻliklar diyoriga#9:18 Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. tushar.
19Muhtojni Xudo bir umrga unutmas,
Bechoraholning umidini to abad yoʻqqa chiqarmas.
20Qani, ey Egam! Inson zoti gʻolib chiqmasin,
Xalqlar huzuringda hukm qilinsin.
21Ularni qoʻrquvga sol, ey Egam!
Xalqlar inson zoti ekanligini bilsin.
22Nechun, ey Egam, uzoqda turibsan?
Qaygʻuli damlarda Oʻzingni yashirasan?
23Takabbur qabihlar bechorani taʼqib qiladi,
Toʻqigan igʻvolari oʻzlarining boshiga yetsin.
24Qabihlar yovuz ehtiroslari bilan maqtanadi,
Ochkoʻzlar Egamizni laʼnatlaydi, Undan nafratlanadi.
25Xudoga intilmaydi oʻziga bino qoʻygan qabihlar,
“Xudo yoʻqdir”, deb doim oʻylaydi ular.
26Qabihlarning doim ishi yurishadi,
Xudoning amrlarini ular tushunmaydi,
Dushmanlarini pisand qilmaydi.
27Ular oʻz koʻnglida oʻylaydilar:
“Biz hech qachon qoqilmaymiz,
Hech qachon kulfatlarga duch kelmaymiz.”
28Qabihlarning ogʻzidan laʼnat, hiyla, poʻpisa chiqadi,
Soʻzlari bilan ular odamlarni yaralab, barbod qiladi.
29Ular qishloqlarda yashirinib oladi,
Begunoh insonni poylab oʻldiradi.
Koʻzlari ojiz qurbonni qidiradi.
30Sherga oʻxshab panada kutib turadi,
Bechorani ushlayman deb, pisib yotadi,
Zaifni oʻz sirtmogʻiga ilintirib, ushlab oladi.
31Qabihlar oʻz kuchi bilan zaifni yiqitadi,
Uni yotqizib, ezib tashlaydi.
32Ular oʻz koʻngillarida: “Xudo qilmishlarimizni unutgan,
U koʻzlarini yumib olgan, hech narsani koʻrmaydi”, deb oʻylaydi.
33Qani, ey Egam! Urgin qabihlarni,
Ey Xudo! Unutmagin mazlumlarni!
34Nechun qabihlar Sendan nafratlanadi?
Nechun oʻz koʻnglida ular:
“Xudo Mendan hisob soʻramaydi”, deb aytadi?
35Sen esa koʻrib turasan,
Bilib turasan kulfatu azobda qolganlarni.
Qoʻllaringni ularga uzatasan,
Ojiz oʻzini Sening panohingga topshiradi,
Sen yetimga doim yordam bergansan.
36Qabihlaru yovuzlarning qoʻlini qirqqin,
Qilmishlari uchun ulardan hisob soʻra,
Toki ular boshqa yovuzlik qilmasin.
37Egamiz Shohdir to abad,
Oʻzga xalqlar yoʻq boʻladi Uning yurtidan.
38Ey Egam, mazlumlarning istaklariga quloq solasan,
Ularning yuraklariga dalda berasan.
Yetimu mazlumning dodini Sen eshitib,
39Yer yuzida banda ularni vahimaga solmasin deya,
Ularga Sen adolat qilasan.

Currently Selected:

Zabur 9: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in