YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 10

10
10–SANO
Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
1Egamizda men panoh topaman,
Qanday qilib siz menga:
“Qush kabi uchib ketgin togʻlarga”, deysiz?
2Sizlar menga:
“Qara, pokdilning yuragini panadan otmoq uchun
Qabihlar yoylarini tayyorladi,
Oʻqlarini shaylab, moʻljalga oldi.
3Qonun oyoq osti boʻlganda,
Solih nima qila oladi?!” deb aytasiz.
4Egamiz Oʻzining muqaddas Maʼbadidadir,
Egamizning taxti samodadir.
U insonni koʻzdan qochirmaydi,
Nigohi insonni tekshirib turadi.
5Egamiz solihni hamda qabihni sinaydi,
Zulmni sevuvchidan U nihoyatda nafratlanadi.
6Qabihning ustiga choʻgʻ, oltingugurt yogʻdiradi#10:6 Qabihning ustiga choʻgʻ, oltingugurt yogʻdiradi… — Ibtido 19:24-25 ga qarang.,
Ularga ulush qilib garmselni#10:6 garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol. Bu oʻrinda majoziy maʼnoda ishlatilib, Xudoning hukmini bildiradi. beradi.
7Egamiz adolatlidir, U toʻgʻri ishlarni sevadi,
Toʻgʻri yuradigan inson
Uning marhamatidan bahramand boʻladi.

Currently Selected:

Zabur 10: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in