Zabur 8
8
8–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Soz joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2Ey Egam, bizning Rabbimiz!
Butun yer yuzida Sening noming ulugʻvordir!
Osmondan ham yuksakdir Sening shuhrating!
3Dushmanlaringning,
Qasoskorlarning ovozini oʻchiray deya,
Sen bolalar va chaqaloqlarni
Oʻz qudratingni soʻylashga oʻrgatding.
4Qoʻllaring ijodi boʻlgan osmoningga qaradim,
Oʻzing joylashtirgan yulduzlaru oyga boqdim.
5Inson zoti nedirki, u haqda oʻylagaysan?!
Bandalar#8:5 Bandalar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Inson oʻgʻli. Bu ibroniycha ibora koʻchma maʼnoda ishlatilib, odamning oʻtkinchi ekanligini bildiradi. nedirki, Sen ularni ardoqlagaysan?!
6Sen ularni Oʻzingdan#8:6 Oʻzing — ibroniycha matnda elohim. Odatda bu soʻz Xudoga ishora qiladi, ammo qudratli hukmdorlar, ilohiy mavjudotlar yoki farishtalarni ham bildirishi mumkin. andak past qilding,
Izzatu sharaf tojini ularga kiygizding.
7Jamiki yaratganing uzra ularni hukmron qilding#8:7 Jamiki yaratganing uzra ularni hukmron qilding… — Ibtido 1:26-28 ga qarang.,
Bor narsani ularning oyogʻi ostiga qoʻyding:
8Jamiki molu qoʻylarni ham,
Barcha yovvoyi hayvonlarni ham,
9Samodagi qushlarni va dengizdagi baliqlarni,
Dengizda suzuvchi har xil maxluqlarni.
Ha, ularning ustidan insonni hukmron qilding.
10Ey Egam, bizning Rabbimiz!

Currently Selected:
Zabur 8: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: