Zabur 88
88
88–SANO
1Zerax urugʻidan boʻlgan Etxanning qasidasi#88:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
2Sening sodiq sevgingni, ey Egam, to abad kuylayman,
Barcha nasllarga sadoqatingni oʻz ogʻzim bilan eʼlon qilaman.
3Bilaman, Sening sodiq sevging to abad mustahkamdir,
Sening sadoqating samolarday barqarordir.
4Sen shunday deding#88:4 Sen shunday deding… — 2 Shohlar 7:16 ga qarang.:
“Oʻzim tanlaganim bilan ahd qilganman.
Ha, qulim Dovudga qasamyod qilganman:
5«Sening naslingni to abad mustahkam qilaman,
Taxtingni butun avlodlar osha oʻrnataman.»”
6Ajoyibotlaringga, ey Egam, samolar hamdu sano aytsin,
Muqaddas malaklar Sening sadoqatingni kuylasin.
7Ey Egam, samolarda Senga tenglashadigani bormikan?!
Ilohiy zotlardan#88:7 Ilohiy zotlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudoning oʻgʻillari. 28:1 izohiga qarang. qaysi biri Senga oʻxsharkan?!
8Ey Xudo, muqaddas malaklar davrasida#88:8 muqaddas malaklar davrasi — 81:1 ning birinchi izohiga qarang. haybatlisan,
Taxting atrofidagilarning hammasidan qoʻrqinchlisan.
9Ey Parvardigori Olam — Egam,
Kim Senchalik qudratli, ey Egam?!
Sadoqating atrofingni oʻragan.
10Asov dengizni yoʻlga solguvchi Sensan,
Toʻlqinlar quturganda bosguvchi Sensan.
11Jasadni ezganday maxluq Rahobni#88:11 Rahob — Levitanning yana bir ismi, Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq (73:14 ning birinchi izohiga qarang). ezding,
Qudratli qoʻling bilan gʻanimlaringni tarqatding.
12Samolar Senikidir, zamin ham Senikidir,
Olamu undagi har narsa Senikidir,
Hammasini Sen mustahkam qurgansan.
13Shimolu janubni ham Sen yaratgansan,
Tovur, Xermon togʻlari#88:13 …Tovur, Xermon togʻlari… — Tovur togʻi Jalila koʻlining janubiy qirgʻogʻidan qariyb 19 kilometr gʻarbda joylashgan. Xermon hozirgi Suriyaning eng baland togʻidir.
Sening noming tufayli shodlikdan kuylaydi.
14Bilaging naqadar qudratlidir!
Qoʻling kuchli, oʻng qoʻling muzaffardir!
15Adolat va haqqoniyatdir taxtingning poydevori,
Oldingda yuradi sevgi va sadoqat.
16Baxtlidir sevinch hayqiriqlarini bilgan xalq,
Ey Egam, huzuring nurida yurgan xalq baxtlidir!
17Sening noming tufayli ular kun boʻyi sevinadi,
Sening adolating tufayli ular yuksaladi.
18Zotan, Sen ularning kuchi, shuhratisan,
Qudratimiz yuksalar Sening lutf–karamingdan.
19Ey Egam, qalqonimizni Sen tanlading,
Ey Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Sen bizga shohimizni berding.
20Qadimda Sen taqvodorlaringga vahiyda aytdingki:
“Mashhur jangchiga Men kuch berdim,
Xalq orasidan yosh yigitni yuksaltirdim.
21Qulim Dovudni Men topdim,
Muqaddas moyimni surtib uni tanladim#88:21 …Muqaddas moyimni surtib uni tanladim — 1 Shohlar 16:1-13 ga qarang..
22Mening qoʻlim doim uni quvvatlaydi,
Bilagim uni kuchli qiladi.
23Gʻanim uni alday olmaydi,
Zolim uni qisa olmaydi.
24Uning koʻz oʻngida dushmanlarini ezib tashlayman,
Uni yomon koʻrganlarni qirib tashlayman.
25Sadoqatim, sodiq sevgim u bilan boʻladi,
Men tufayli uning qudrati yuksaladi.
26Uning qudratini dengiz uzra barqaror qilaman,
Uning hukmronligini daryolar uzra oʻrnataman.
27U Menga aytadi: «Sen Otamsan!
Xudoyimsan, najotim qoyasi Sensan.»
28Men uni toʻngʻich oʻgʻil qilib olaman#88:28 Men uni toʻngʻich oʻgʻil qilib olaman… — 2:7 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.,
Yer yuzi shohlarining qudratlisi qilaman.
29Unga boʻlgan cheksiz sevgimda to abad sobit turaman,
U bilan qilgan ahdimni davom ettiraman.
30Uning naslini to abad mustahkam qilaman,
Uning taxti osmon turguncha turadi.
31Bordi–yu, uning nasli qonunimdan yuz oʻgirsa,
Mening qoidalarim boʻyicha ular yurmasalar,
32Agarda farmonlarimni buzsalar,
Mening amrlarimga rioya etmasalar,
33Ularni itoatsizligi uchun xivich bilan jazolayman,
Gunohi uchun ularni tayoq bilan jazolayman.
34Dovuddan esa sevgimni darigʻ tutmayman,
Sadoqatimga aslo xiyonat etmayman.
35Men ahdimni buzmayman,
Aytgan soʻzimdan aslo qaytmayman.
36Muqaddas nomim haqi ilk va soʻng marta ont ichdim,
Dovudni Men aslo aldamayman.
37Uning nasli to abad davom etadi,
Uning taxti qarshimda quyosh kabi turadi.
38Oyga, samolardagi oʻsha sodiq guvohga oʻxshab,
Taxti to abad mahkam turadi.”
39Endi esa, ey Egam, Sen uni nafrat bilan rad etding,
Oʻzing shoh qilib tanlaganingdan gʻoyat gʻazablanding.
40Men — Oʻz quling bilan qilgan ahdingdan qaytding,
Uning tojini Sen tuproqqa qording.
41Shaharlarining hamma devorlarini qulatding,
Qalʼalarini vayronaga aylantirding.
42Yoʻldan oʻtayotganlarning hammasi uni taladi,
Qoʻshni xalqlarga u masxara boʻldi.
43Shohimizning dushmanlarini gʻolib qilding,
Uning hamma gʻanimlarini sevintirding.
44Qilichining damini qaytarding,
Jangda unga Sen madad bermading.
45Uning ulugʻvorligiga Sen chek qoʻyding,
Taxtini yerga uloqtirib yubording.
46Yoshlik kunlarini qisqartirding,
Uni sharmandayu sharmisor qilding.
47Ey Egam, bu qachongacha davom etadi?
Oʻzingni bizdan to abad yashirasanmi?
Qachongacha gʻazabing otash kabi yonadi?
48Esingda tut, hayotim naqadar qisqa,
Ne uchun insonni behuda yaratding?!
49Qaysi inson oʻlimni koʻrmas ekan?!
Kim oʻliklar diyori#88:49 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. changalidan omon qolar ekan?!
50Ey Rabbiy, qani oldingi buyuk sevging?
Sadoqating ila buni Dovudga vaʼda bergan eding–ku!
51Ey Rabbiy, men, quling, qanchalar masxara boʻlganimni#88:51 …men, quling, qanchalar masxara boʻlganimni… — koʻplab ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …qullaring qanchalar masxara boʻlganini…. yodingda tut.
Hamma xalqlarning haqoratlarini bagʻrimda koʻtarib yuribman–ku!
52Ey Egam, dushmanlaring tanlagan shohingni masxaralaganini,
Uning har bir qadamini tahqir etganlarini yodda tut!
53Egamizga to abad olqishlar boʻlsin!
Omin! Omin!
Currently Selected:
Zabur 88: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020