Zabur 89
89
89–SANO
1Xudo odami Musoning ibodati.
2Ey Rabbiy, nasllar osha
Sen panohimiz boʻlgan eding.
3Togʻlar hali paydo boʻlmasdan oldin,
Yeru olamni yaratmasingdan oldin,
Abadulabad Sen Xudosan.
4Sen insonni tuproqqa qaytarasan#89:4 Sen insonni tuproqqa qaytarasan… — Ibtido 3:19 ga qarang.,
“Qaytinglar tuproqqa, ey bandalar”, deb aytasan.
5Ming yil Sening nazaringda bir kundaydir,
Qisqa bir tun vaqtidaydir.
6Sen odamlarni supurib tashlaysan,
Ular goʻyo tushga oʻxshaydi.
Ular tongda ungan yangi maysa kabidir.
Tongda maysa yangidan oʻsib chiqsa ham
Oqshomda soʻlib, xazon boʻladi.
7Sening gʻazabingdan adoyi tamom boʻldik,
Qahringdan biz vahimaga tushdik.
8Gunohlarimizni Sen oldingga keltirding,
Yashirin gunohlarimizni nurlaring yoritib turadi.
9Kunlarimiz Sening gʻazabing ostida oʻtadi,
Yillarimiz bir oh kabi, tez nihoyasiga yetadi.
10Kunlarimiz yetmish yil ekan,
Agar bardam boʻlsak, sakson yil ekan.
Eng ajoyib yillar zahmat, jafo bilan kecharkan,
Umrimiz tez oʻtar, oʻzimiz uchib ketarmiz.
11Sening gʻazabing qudratini kim bila olar?!
Qahring, Oʻzingga loyiq qoʻrquv kabi buyukdir.
12Umrimiz kunlarini sanashni bizga oʻrgatgin,
Toki biz dono qalbga ega boʻlaylik.
13Kel, ey Egam! Qachongacha kutamiz?!
Oʻz qullaringga shafqat qilgin!
14Saharda sodiq sevging bilan bizni qondirgin,
Umrimiz boʻyi qoʻshiq aytib, xursand boʻlaylik.
15Kulfatlar koʻrdik koʻp kunlar,
Bizni qaygʻuga giriftor qilding qancha yillar,
Oʻsha kunlar evaziga bizni xursand qil.
16Biz, Oʻz qullaringga qudratli ishlaringni koʻrsatgin,
Bizning naslimiz ulugʻvorligingni koʻrsin.
17Ey Rabbimiz Xudo, lutf–karaming bizga yor boʻlsin,
Qilgan ishimiz baroridan kelsin,
Ha, ishlarimizga baraka bergin!
Currently Selected:
Zabur 89: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020