YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 87

87
87–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining#87:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. sanosi. “Qaygʻu–alam” kuyiga aytiladigan qoʻshiq. Zerax urugʻidan boʻlgan Xamanning qasidasi#87:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
2Ey Egam, najotkorim Xudo,
Kecha–kunduz faryod qilaman oldingda.
3Ibodatim Senga yetib borsin,
Qulogʻingni dodimga tutgin.
4Hayotim kulfatga toʻla,
Oʻzim oʻliklar diyoriga#87:4 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. yaqinlashganman.
5Meni qabrga tushganlar orasida hisoblaydilar,
Bemajollarga oʻxshab qolganman.
6Murdalar orasiga tashlanganman,
Qabrda yotgan marhumlarga oʻxshayman,
Sen meni oʻshalarday unutgansan,
Ular Sening himoyangdan mahrumdirlar.
7Sen tashlading meni qabrning eng tubiga,
Eng zulmat, chuqur joylarga.
8Gʻazabing ustimdan zilday bosadi,
Qahring toʻlqinlari ila meni ezasan.
9Yaqin doʻstlarimdan meni ayirding,
Ularga meni jirkanch qilding,
Qamalib qolganman, xalos boʻla olmayman.
10Koʻzlarim nuri gʻamdan adoyi tamom boʻldi.
Ey Egam, har kuni#87:10 har kuni — yoki kun boʻyi. Senga iltijo qilaman,
Qoʻllarimni Sen tomon choʻzaman.
11Moʻjizalaringni marhumlarga koʻrsatasanmi?!
Murdalar turib, Senga hamdu sano aytarmikan?!
12Sening sodiq sevging qabrda eʼlon qilinarmi?!
Halokat diyorida#87:12 Halokat diyori — ibroniycha matnda Abaddoʻn. Bu soʻz Sheoʻlni, yaʼni oʻliklar diyorini bildiradi. Sening sadoqating haqida aytilarmi?!
13Zulmat diyorida moʻjizalaring maʼlum boʻlarmi?!
Unutilganlar makonida#87:12-13 …qabr…13 Zulmat diyori…Unutilganlar makoni… Sheoʻl, yaʼni oʻliklar diyori nazarda tutilgan. 6:6 izohiga qarang. odilliging haqida soʻylanarmi?!
14Ey Egam, men Senga faryod qilaman,
Ibodatim sahardanoq Senga yetib boradi.
15Ey Egam, nechun meni rad qilasan?
Nechun mendan yuz oʻgirasan?
16Yoshligimdan buyon xastaman, oʻlim bilan yuzma–yuzman,
Vahimalaring qarshisida umidsiz qolganman#87:16 …umidsiz qolganman — yoki …mening tinka–madorim qurigan..
17Qahru gʻazabing meni ezib tashladi,
Vahimalaring meni adoyi tamom qildi.
18Qahr–gʻazabing kun boʻyi meni toʻfonday oʻrab oladi,
Meni har tarafdan qurshab oladi.
19Yaqin doʻstimdan, qoʻshnimdan meni ayirding,
Faqat zulmat mening sherigim boʻlib qoldi.

Currently Selected:

Zabur 87: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Zabur 87