Zabur 7
7
7–SANO
1Benyamin qabilasidan boʻlgan Kushning qilmishlari tufayli Dovudning Egamizga aytgan marsiyasi.
2Senda panoh topaman, ey Egam Xudo,
Payimga tushganlardan xalos et, qutqar meni.
3Yoʻqsa, ular meni sherday gʻajib tashlaydi,
Burda–burda qiladi, hech kim meni qutqarolmaydi.
4-5Ey Egam Xudo!
Agarda kimgadir nohaqlik qilgan boʻlsam,
Doʻstimni dushmaniga sotgan boʻlsam mabodo,
Gʻanimimni sababsiz talagan boʻlsam,
Ha, agarda u ishlarni qilgan boʻlsam,
6Dushmanlarim taʼqib qilsin, tutsin meni,
Tanamni tuproqqa qorsin,
Jasadimni yerga tashlasin.
7Qani, gʻazabingni sochgin, ey Egam!
Qoʻzgʻal yovlarimning qahriga qarshi!
Koʻrib, adolat qilgin!
8Xalqlarni atrofingga toʻplagin,
Balanddagi taxtingda oʻtirib,
Ular ustidan hukmronlik qilgin.
9Ey Egam, oliy Hakam Oʻzingsan,
Sen xalqlarni hukm qilasan.
Ey yuksalgan Egam,
Hukm paytida yuzimni yorugʻ qil,
Bilasan–ku, solihman, begunohman.
10Fosiqlarning yovuzligi barham topsin,
Solihlar barqaror boʻlsin.
Ongu yuraklarni sinaguvchi Sensan,
Ey odil Xudo!
11Mening qalqonimdir yuksalgan Xudo,
Pokdillarga U najot beradi.
12Adolatli hakamdir Xudo,
Qabihga U doim gʻazabini sochadi.
13Agar inson tavba qilmasa,
Xudo qilichini charxlaydi,
Kamonini tayyor qilib turadi.
14Qirgʻin qurollarini shay qilib qoʻygan,
Olovli oʻqlarini tayyorlab qoʻygan.
15Ana, qabihlar qabihlikdan urugʻ orttiradi,
Dardu balolardan homilador boʻladi,
Oxir–oqibatda yolgʻonni tugʻadi.
16Ular chuqur qaziydilar,
Ammo chohga oʻzlari qulaydilar.
17Ularning dardu balosi oʻziga qaytadi,
Zoʻravonligi oʻzlarining boshiga yetadi.
18Egamizga, adolating uchun shukur, deyman.
Egamiz — Xudoyi Taologa hamdu sanolar kuylayman.
Currently Selected:
Zabur 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020