Zabur 54
54
54–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan Dovud qasidasi#54:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
2Ibodatimga quloq sol, ey Xudo,
Iltijoimni eʼtiborsiz qoldirma.
3-4Eshit meni, javob ber,
Dushmanlarim dagʻdagʻasi, fosiqlarning siquvi
Boshimga gʻam–kulfat keltiradi.
Ular gʻazablanib, mendan nafratlanadi.
Eh, oʻylarim qiynaydi meni,
Gʻam–tashvishlar qattiq ezadi.
5Yuragim hasratga toʻladir,
Oʻlim vahimasi meni bosib keladir.
6Qoʻrquv, titroq menga kelmoqda,
Dahshat meni ezib bormoqda.
7“Qaniydi kaptar kabi, qanotim boʻlsa”, dedim,
“Uchib ketib, orom olgan boʻlardim.
8Haqiqatan, uzoqlarga uchib qutulardim,
Sahroda makon qilgan boʻlardim.
9Quturgan shamolu boʻrondan qochib,
Oʻzimga boshpana topgani shoshilgan boʻlardim.”
10Ey Rabbiy, dushmanlarimni chalgʻit,
Ularning gaplarini chalkashtir.
Shaharda zoʻravonlik, janjalni koʻrib turibman.
11Fosiqlar kecha–kunduz shahar devori ustida izgʻiydi,
Yovuzlik, vahima shahar ichida yuz bermoqda.
12Shaharning oʻrtasida buzgʻunchilik,
Koʻchalaridan zulm va hiyla arimaydi.
13Gʻanimlarim meni haqorat qilganda edi,
Bunga bardoshim yetgan boʻlardi.
Dushmanim oʻzini mendan yuqori qoʻyganda edi,
Undan yashiringan boʻlardim.
14Ammo u mening tengim–ku,
Yaqin doʻstim hamda hamrohim–ku.
15U bilan dilkash doʻst edik,
Ey Xudo, Sening uyingdagi yigʻinda birga yurardik.
16Uylari, yuraklari fosiqlikka toʻla boʻlgani uchun
Gʻanimlarim oʻlimga roʻbaroʻ boʻlsin,
Tiriklayin oʻliklar diyoriga#54:16 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. tushsin.
17Men iltijo qilaman Xudoga,
Najot beradi Egam menga.
18Oqshom, sahar hamda kunduz
Dardu figʻonlarimni aytaman.
Egam mening ovozimni eshitadi.
19Garchi menga qarshilar koʻp boʻlsa ham,
Birorta ham zarar yetkazmay
Meni janglardan qutqaradi.
20Azaldan taxtda oʻtirgan Xudo
Menga quloq tutib,
Dushmanlarimni magʻlub qiladi.
Axir, ular oʻz yoʻlidan qaytmadilar,
Xudodan ular qoʻrqmadilar.
21Hamrohim oʻz doʻstiga qarshi qoʻlini koʻtardi,
Men bilan qilgan ahdiga u xiyonat qildi.
22Uning ogʻzidan bol tomadi,
Yuragi esa adovatga toʻla.
Soʻzlari moydan ham yoqimli,
Aslida qindan chiqqan qilichdaydir.
23Tashvishlaringni Egamizga topshirgin,
U senga tayanch boʻladi.
Egamiz hech qachon solihning yiqilishiga yoʻl qoʻymaydi.
24Ey Xudo, fosiqlarni Sen
Oʻliklar diyoriga uloqtirasan.
Qonxoʻr, xoin kimsalar aslo
Umrining yarmisini ham yashamaydi.
Men esa Senga umid bogʻlayman.
Currently Selected:
Zabur 54: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020