YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 55

55
55–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Filist xalqi Dovudni Gat shahrida tutib olgandan keyin#55:1 Filist xalqi Dovudni Gat shahrida tutib olgandan keyin… — 1 Shohlar 21:10-15, 27:1-4 ga qarang., uning aytgan qoʻshigʻi. “Uzoqdagi jim kabutar” kuyiga aytiladi.
2Shafqat qil menga, ey Xudo,
Odamlar meni taʼqib qilmoqda,
Gʻanimlarim kun boʻyi meni ezmoqda.
3Boʻhtonchilar kun boʻyi meni taʼqib qiladi,
Koʻplari menga hujum qiladi, ey Xudoyi Taolo!
4Qoʻrqqanimda Senga umid bogʻlayman.
5Ey Xudo, kalomingni madh etaman,
Sendan umid qilaman, qoʻrqmayman,
Bandang menga ne qila oladi?!
6Gʻanimlarim har doim gapimni buzib koʻrsatadi,
Menga zarar yetkazmoq uchun fitnalar qiladi.
7Yovuz niyatda ortimdan pisib keladi,
Har bir qadamimni oʻlchab yuradi,
Ular hayotimga chek qoʻyishni istaydi.
8Jinoyatlari uchun ularni uloqtir#55:8 Jinoyatlari uchun ularni uloqtir… — yoki Oʻzlarining jinoyatlari uchun ular jazodan qutulib qoladilarmi?!,
Ey Xudo, gʻazabing ila ularni yerga ur!
9Sen qaygʻularimni hisobga olgansan,
Koʻz yoshlarimni idishingga solib yigʻib qoʻygin.
Axir, ularning har biri kitobingda yozilgan–ku!
10Senga iltijo qilgan kunim
Dushmanlarim ortga chekinadi.
Ha, bilaman, Sen men tomonda.
11Ey Xudo, kalomingni madh etaman,
Ha, Egam, Sening kalomingni men madh etaman.
12Sendan umid qilaman, qoʻrqmayman,
Bandang menga ne qila oladi?!
13Ey Xudo, Senga bergan ontimni bajarmogʻim shart,
Shukrona nazrlarimni Senga atayman.
14Jonimni oʻlimdan qutqarib qolding,
Oyogʻimni qoqilishdan saqlading.
Shu bois, ey Xudo, Sening oldingda,
Hayot nurida yuraman.

Currently Selected:

Zabur 55: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in