Zabur 53
53
53–SANO
1-2Ijrochilar rahbariga. Zifliklar Shoulning oldiga borib: “Dovud xalqimiz orasida yashirinib yuribdi”, deb xabar berganlaridan keyin#53:1-2 Zifliklar…xabar berganlaridan keyin… — 1 Shohlar 23:14-25, 26:1-5 ga qarang., Dovudning aytgan qasidasi#53:1-2 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.. Torli asboblar joʻrligida aytiladi.
3Ey Xudo! Buyuk qudrating ila meni qutqargin!
Kuch–quvvating ila menga adolatli hukm chiqargin!
4Ey Xudo, eshitgin iltijoimni,
Tinglagin aytganlarimni!
5Begonalar qarshi qoʻzgʻaldi menga,
Zoʻravonlar qasd qilmoqchi jonimga,
Ular Seni pisand qilmaydilar.
6Ey Xudo, menga madad berasan,
Ey Rabbiy, mening jonimni asraysan.
7Dushmanlarimning qabihliklari oʻz boshiga kelsin,
Sen sodiqsan, ularni qirib tashlagin!
8Shod boʻlib, Senga qurbonlik keltiraman,
Oʻzing yaxshisan, ey Egam, Senga shukur aytaman!
9Saqlading har qanday kulfatdan meni,
Koʻzlarim koʻrdi dushmanlarim magʻlubiyatini.
Currently Selected:
Zabur 53: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: