Zabur 45
45
45–SANO
1Ijrochilar rahbariga. “Qizlar” kuyiga aytiladigan Koʻrax naslining#45:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. qoʻshigʻi.
2Xudo bizning panohimiz, qudratimizdir,
Kulfatda qolganimizda doim madadkorimizdir.
3Shu bois biz qoʻrqmaymiz hech ham
Yer ostin–ustin boʻlib ketsa ham,
Dengiz bagʻriga togʻlar qulab tushsa ham.
4Dengizlar oʻkirib, toshib ketsa ham,
Shiddatli toʻlqinlar togʻlarni titratsa ham
Biz qoʻrqmaymiz hech ham.
5Bir daryo bor, uning suvlari
Shodlik olib kelar Xudo shahriga#45:5 Xudo shahri — Quddusga ishora.,
Xudoyi Taoloning muqaddas makoniga.
6Shaharda Xudo turgani uchun
Shahar qulamas aslo,
Tong otganda, Xudo yordamga keladi.
7Xalqlar algʻov–dalgʻov boʻladi,
Shohliklar qulaydi.
Xudoning ovozi guldiraydi, yer erib ketadi.
8Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqubning Xudosi qalʼamizdir.
9Keling, Egamizning ishlarini koʻring,
Yer yuziga keltirgan kulfatni koʻring.
10Butun olamda U jangni toʻxtatadi,
Yoyni parchalaydi, nayzani sindiradi,
Qalqonlarni#45:10 Qalqonlar — yoki Jang aravalari. olovda yoqib, shunday deydi:
11“Toʻxtang, biling, Men Xudoman,
Xalqlar orasida Men yuksalgayman,
Yer yuzida Men yuksalgayman.”
12Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqubning Xudosi qalʼamizdir.
Currently Selected:
Zabur 45: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020