Zabur 46
46
46–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining#46:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. sanosi.
2Ey xalqlar! Hammangiz qarsak chaling,
Sevinch hayqiriqlari ila Xudoni kuylang!
3Qoʻrqinchlidir Xudoyi Taolo — Egamiz,
Butun yer yuzida Udir ulugʻ Shohimiz.
4Xalqlarni U bizga itoat ettirdi,
Elatlarni oyogʻimiz ostiga tashladi.
5Oʻzi suygan Yoqubning faxrli mulkini
Egamiz biz uchun yurt qilib tanladi.
6Shodlik hayqiriqlari ostida Xudo taxtga chiqdi,
Karnay sadosi ostida Egamiz taxtiga oʻtirdi.
7Hamdu sano kuylang Xudoga, madhlar kuylang!
Ha, Shohimizga madhlar kuylang! Hamdu sano kuylang!
8Butun yer yuzining shohidir Xudo,
Unga ajoyib hamdu sano kuylang!
9Jamiki uluslarning shohidir Xudo,
Muqaddas taxtida oʻtiribdi Xudo!
10Ibrohim Xudosining xalqi bilan birga
Toʻplanarlar xalqlarning hukmdorlari.
Zaminning shohlari#46:10 Zaminning shohlari — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Zaminning qalqonlari (83:10 ga qarang). — Xudoniki,
Gʻoyat baland yuksalgandir U.
Currently Selected:
Zabur 46: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020