YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 44

44
44–SANO
1Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan toʻy qoʻshigʻi. Koʻrax naslining#44:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. qasidasi#44:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
2Shohimga sheʼrlarimni bagʻishlayman,
Yuragimdan goʻzal soʻzlar toʻkiladi,
Tilim mohir kotib qalamiga oʻxshaydi.
3Ey shohim! Insonlar orasida juda chiroylisan.
Xudo senga to abad baraka bergani uchun
Lablaringdan latif soʻzlar yogʻiladi.
4Ey qudratli shoh, belingga bogʻla qilichingni,
Hashamatu ulugʻvorliging bilan zohir boʻlgin.
5Ulugʻvorlik bilan olgʻa bos!
Haqiqat, kamtarlik, adolat uchun gʻalaba qil!
Oʻng qoʻling qoʻrqinchli ishlar koʻrsatsin.
6Gʻanimlaringning yuragini
Oʻtkir oʻqlaring teshib oʻtadi.
Xalqlar oyogʻing ostiga yiqiladi.
7Xudo bergan taxting#44:7 Xudo bergan taxting… — yoki Ey Xudo, taxting…. abadiydir,
Adolat hassasi shohliging hassasidir.
8Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafratlanasan.
Shu bois Xudo seni doʻstlaringdan ustun qildi,
Ha, Xudoying shodlik moyini senga surtdi.
9Libosingdan mirra#44:9 mirra — maʼlum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan xushboʻy modda.,
Aloe va dolchinning xushboʻy hidlari ufurar.
Fil suyagi bilan bezatilgan saroylarda
Cholgʻu navolari seni shod qilar.
10Shoh qizlari izzatli xonimlaring orasidadir,
Ofir#44:10 Ofir — bu yurt Arabiston yarim orolining janubida joylashgan boʻlishi mumkin. Ofir oltini eng sifatli oltin hisoblangan. oltiniga bezangan malika oʻng qoʻlingda oʻtirar.
11Tingla, ey qiz, quloq solib, oʻylagin,
Xalqing, otang xonadonin unutgin.
12Jamolingga shoh maftun boʻlgandir,
Taʼzim qil unga, u xoʻjayiningdir.
13Tir#44:13 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. xalqi hadyalar olib keladi,
Boylar sendan marhamat istaydi.
14Saroyda malika naqadar goʻzal!
Liboslari oltin bilan bezatilgan.
15Naqshli libosida uni shoh huzuriga olib kelishadi,
Ortidan qizlar, uning dugonalari ergashib keladi.
16Ular shod–xurramlik ichra keladi,
Shohning saroyiga ular kirib keladi.
17Ey shohim, oʻgʻillaring olgaylar otalaring oʻrnini,
Butun yurtda shahzodalar qilgaysan sen ularni.
18Qoʻshigʻim tufayli noming nasllar osha yashar,
Shu bois xalqlar seni to abad madh etarlar.

Currently Selected:

Zabur 44: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in