Zabur 37
37
37–SANO
1Dovud sanosi. Egamizdan madad soʻrab aytgan iltijosi.
2Ey Egam! Gʻazab bilan menga tanbeh bermagin,
Qahring sochib, menga jazo bermagin.
3Oʻqlaring menga sanchildi,
Qoʻllaring ustimga bosib tushdi.
4Butun tanam xastadir gʻazabingdan,
Sogʻligim yoʻqolgan gunohlarim dastidan.
5Ayblarim meni juda ham ezadi,
Ular juda ogʻir yukka oʻxshaydi.
6Aqlsizligim#37:6 Aqlsizligim — gunohkorona xulq–atvor nazarda tutilgan. dastidan
Yaralarim sasib, yiringlab oqyapti.
7Juda egilib, bukchayib qoldim,
Kun boʻyi gʻamgin yuraman.
8Ichim isitmadan otash boʻlib yonmoqda,
Tanamda bironta sogʻ joy yoʻq.
9Sillam qurib, tamom ezildim,
Yurakdagi alamdan nola qilaman.
10Yuragim tubidagi istaklarim
Ey Rabbiy, Oʻzingga ravshan,
Ohu nolam Sendan yashirin emas.
11Yuragim titraydi, quvvatim ketdi,
Koʻzlarimning nuri adoyi tamom boʻldi.
12Doʻst–yoronlarim dardim tufayli oldimdan qochadi,
Tugʻishganlarim aslo yonimga kelmaydi.
13Jonimga qasd qilganlar menga tuzoq qoʻyadi,
Menga yomonlik istaganlar kulfatdan soʻz ochadi,
Kun boʻyi yolgʻon soʻylab, fitna qiladi.
14Men esa karga oʻxshayman, eshitmayman,
Soqovga oʻxshayman, gapira olmayman.
15Chindan ham men soqovga oʻxshayman,
Tili qotib qolgan odamdayman.
16Ey Egam, umidim yolgʻiz Sensan,
Ey Rabbim Xudo, javob beradigan Sensan.
17Ey Egam: “Holimni koʻrib, dushmanlarim shodlanmasin,
Oyoqlarim qoqilganda, oʻzlarini katta tutmasin”, deya
Senga ibodat qildim.
18Oʻzim ham yiqilay deb turibman,
Tinmay azob chekayotirman.
19Qilgan egriliklarim uchun tavba qilaman,
Gunohga qoʻl urganimdan pushaymonman.
20Ashaddiy dushmanlarim koʻpdir,
Sababsiz mendan nafrat etuvchilar son–sanoqsiz.
21Ular yaxshiligimga yomonlik ila javob beradi,
Ezgu ishlarim uchun meni igʻvo qiladi.
22Ey Egam, meni aslo tark etmagin,
Ey Xudoyim, mendan uzoq ketmagin.
23Menga yordam bergani shoshilgin,
Ey mening najotkorim — Rabbiy!
Currently Selected:
Zabur 37: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020