Zabur 36
36
36–SANO
Dovud sanosi.
1 # 36:1 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan sheʼrdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi soʻz ibroniy alifbesi tartibi boʻyicha boshlanadi. Fosiqlarga gʻayirlik qilmagin,
Badkirdorlarga hasad qilmagin.
2Ular maysaday tezda qurib qoladi,
Yam–yashil oʻtday tezda soʻlib qoladi.
3Egamizga umid bogʻlab, yaxshilik qilgin,
Shu yurtda yashab, halovat topgin.
4Egamizni oʻzingning shodliging deb bil,
Koʻnglingdagi orzularingga U yetkazadi.
5Yoʻllaringni topshirgin Egamizga,
Ishon Unga, U madad beradi.
6Solihligingni U tong kabi porlatadi,
Haqligingni kunduzgi quyosh kabi qiladi.
7Sabrli boʻl, muntazir boʻl Egamizga,
Gʻayirlik qilmagin yoʻllarini topganlarga,
Fosiq niyatlarin amalga oshirganlarga.
8Gʻazabdan oʻzingni tiy, qahrdan qaytgin,
Ich–etingni yema, bu faqatgina zararga olib boradi.
9Yovuzlar yoʻq qilib tashlanadi,
Egamizdan umidvorlar yurtga egalik qiladi.
10Tez orada fosiqlarning kuni bitadi,
Sen har qancha qidirmagin,
Ularni bu yerdan topa olmaysan.
11Beozorlar esa yurtga egalik qiladi,
Moʻl baxt–saodatdan bahramand boʻladi.
12Fosiq solihlarga qarshi fitna qiladi,
Ularga qarshi tishlarini gʻijirlatadi.
13Rabbiy fosiqlarni masxara qiladi,
Ularning kuni bitayotir, buni Rabbiy biladi.
14Fosiq qilichini sugʻurib, kamonini tortadi,
Bechora, mazlumni yiqitishga shaylanadi,
Solihlarni oʻldirmoq istaydi.
15Ammo qilichlari oʻzlarining boshini yeydi,
Kamonlari ham parcha–parcha boʻlib ketadi.
16Solihning qoʻlidagi oz narsa afzal,
Jamiki fosiqning boyligidan koʻra.
17Fosiqning kuchi qirqilib ketadi,
Solihni esa Egamiz qoʻllab–quvvatlaydi.
18Aybsizlarning ehtiyoji Egamiz eʼtiborida,
Ularning mulki to abad davom etadi.
19Qaro kunlarda ham ular zavol topmaydi,
Qahatchilik kunlarda ham farovon yashaydi.
20Fosiqlar esa albatta halok boʻladi,
Egamiz gʻanimlari qirdagi gullarday quriydi,
Ular tutun kabi tarqalib, yoʻq boʻlib ketadi.
21Fosiq qarz oladi–yu, qaytarib bermaydi,
Solih esa himmat ila inʼom qiladi.
22Egamiz baraka bergan insonlar yurtni egallaydi,
Egamiz laʼnatlagan odamlar esa yoʻq boʻlib ketadi.
23Egamiz insonning yoʻlidan mamnun boʻlsa,
Uning qadamlarini sobit qiladi.
24Hatto qoqilsa ham yiqilib tushmaydi,
Egamiz madad berib, qoʻlidan ushlaydi.
25Men ham yosh edim, endi keksaydim,
Solihlarning tark etilganini,
Ularning zurriyoti non tilaganini koʻrmadim.
26Ular doim himmat ila qarz beradi,
Farzandlari ham baraka topadi.
27Fosiqlikni tashla, yaxshilik qilgin,
Toki yurtda to abad maskan qilgin.
28Zotan, Egamiz yaxshi koʻradi adolatni,
Tark etmaydi taqvodorlarni,
Ularni to abad himoya qiladi,
Fosiqlar naslini qirib tashlaydi.
29Solih yurtga egalik qiladi,
Bu yurtda to abad istiqomat qiladi.
30Solihning ogʻzi donolikdan soʻzlaydi,
Uning tili adolatni soʻylaydi.
31Yuragida Xudosining qonuni joy olgan,
Shuning uchun qadamida adashmaydi.
32Fosiq solihni doim kuzatadi,
Uni oʻldirmoqni moʻljallab yuradi.
33Egamiz solihni fosiqning ixtiyoriga topshirmaydi,
Hukmga olib kelinganda, solih mahkum boʻlmaydi.
34Egamizdan umid qil, Uning yoʻllarini tutgin,
U seni yuksaltiradi, bu yurtni egallaysan,
Fosiqning qirilib ketishini sen koʻrasan.
35Koʻrganman fosiq, zolim odamning
Oʻz yurtida yam–yashil daraxtday unganini.
36Koʻp oʻtmay u oʻtib ketdi, yoʻq boʻldi,
Qancha qidirsam ham, topa olmadim.
37Aybsizga eʼtibor ber, sofdilni kuzat,
Tinchlikparvarning istiqboli yorqin.
38Gunohkorlarning hammasi qirilib bitadi,
Fosiqning kelajagi barham topadi.
39Solih kishi Egamiz tufayli najot topgaydir,
Kulfat chogʻi Egamiz solihning qalʼasidir.
40Egamizdan panoh topgani uchun
Solihga Egamiz madad beradi, uni qutqaradi,
Fosiqdan omon saqlaydi, unga najot beradi.
Currently Selected:
Zabur 36: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020