Zabur 38
38
38–SANO
1Ijrochilar rahbari Yodutunga#38:1 Yodutun — 1 Solnomalar 16:41-42, 25:1, 3 ga qarang.. Dovud sanosi.
2Oʻzimga oʻzim shunday deyman:
“Yurar yoʻllarimni kuzatib boray,
Gunoh soʻzdan tilimni tiyib yuray,
Fosiqlar hamon oʻrab turarkan meni,
Qulf urib yopib olay ogʻzimni.”
3Jim turdim, sukut saqladim,
Soʻzlashdan boʻyin tovladim,
Oshib boraverdi dardim.
4Qizib ketaverdi ichim,
Oʻylaganim sari oʻrtandi koʻnglim,
Oxiri tilimni tiya olmay yolvordim:
5“Ey Egam, umrim nihoyasini ayon qilgin,
Qancha kunim qolganini ayon qilgin,
Umrim qancha qisqaligini bilayin.
6Yelday oʻtib ketguvchi umr bergansan,
Sening nazaringda umrim bir lahzadir,
Har kimning umri bir nafasdir.
7Har kimning umri soyaday oʻtib ketar,
Insonning harakati behuda boʻlar,
Boylik yigʻar, lekin bilmas
Kim boylikka egalik qilar.
8Kimdan men umid qilay endi, yo Rabbiy?
Sendadir mening barcha umidim.
9Xalos qilgin meni gunohlarimdan,
Kulmasin ahmoqlar mening ustimdan.
10Sukut saqlayman, ogʻzimni ochmayman,
Axir, Sen Oʻzing meni shu ahvolga solding.
11Mendan ofatlaringni uzoq qilgin,
Sening zarbalaringdan oʻlay, dedim.
12Gunohlari uchun insonni jazolab,
Unga tanbeh berasan.
Kuya yeganday qadrli narsalarini yoʻq qilasan.
Shubhasiz, inson bir nafasda oʻtib ketadi.
13Ey Egam, ibodatimni eshitgin,
Nolayu faryodimga quloq solgin.
Koʻz yoshlarimga befarq boʻlmagin.
Axir, men Sening oʻtkinchi mehmoningman,
Otalarim kabi musofirman.
14Qahrli nigohingni mendan oʻgirgin,
Toki yana xursand boʻlayin
Bu olamdan oʻtib yoʻq boʻlmasimdan oldin.”
Currently Selected:
Zabur 38: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
Zabur 38
38
38–SANO
1Ijrochilar rahbari Yodutunga#38:1 Yodutun — 1 Solnomalar 16:41-42, 25:1, 3 ga qarang.. Dovud sanosi.
2Oʻzimga oʻzim shunday deyman:
“Yurar yoʻllarimni kuzatib boray,
Gunoh soʻzdan tilimni tiyib yuray,
Fosiqlar hamon oʻrab turarkan meni,
Qulf urib yopib olay ogʻzimni.”
3Jim turdim, sukut saqladim,
Soʻzlashdan boʻyin tovladim,
Oshib boraverdi dardim.
4Qizib ketaverdi ichim,
Oʻylaganim sari oʻrtandi koʻnglim,
Oxiri tilimni tiya olmay yolvordim:
5“Ey Egam, umrim nihoyasini ayon qilgin,
Qancha kunim qolganini ayon qilgin,
Umrim qancha qisqaligini bilayin.
6Yelday oʻtib ketguvchi umr bergansan,
Sening nazaringda umrim bir lahzadir,
Har kimning umri bir nafasdir.
7Har kimning umri soyaday oʻtib ketar,
Insonning harakati behuda boʻlar,
Boylik yigʻar, lekin bilmas
Kim boylikka egalik qilar.
8Kimdan men umid qilay endi, yo Rabbiy?
Sendadir mening barcha umidim.
9Xalos qilgin meni gunohlarimdan,
Kulmasin ahmoqlar mening ustimdan.
10Sukut saqlayman, ogʻzimni ochmayman,
Axir, Sen Oʻzing meni shu ahvolga solding.
11Mendan ofatlaringni uzoq qilgin,
Sening zarbalaringdan oʻlay, dedim.
12Gunohlari uchun insonni jazolab,
Unga tanbeh berasan.
Kuya yeganday qadrli narsalarini yoʻq qilasan.
Shubhasiz, inson bir nafasda oʻtib ketadi.
13Ey Egam, ibodatimni eshitgin,
Nolayu faryodimga quloq solgin.
Koʻz yoshlarimga befarq boʻlmagin.
Axir, men Sening oʻtkinchi mehmoningman,
Otalarim kabi musofirman.
14Qahrli nigohingni mendan oʻgirgin,
Toki yana xursand boʻlayin
Bu olamdan oʻtib yoʻq boʻlmasimdan oldin.”
Currently Selected:
:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020