Zabur 32
32
32–SANO
1Sevinch ila Egamizga qoʻshiq kuylang, ey solihlar!
Unga hamdu sano aytmoq pokdil insonlarga munosibdir!
2Lira chalib, Egamizga hamdlar ayting,
Oʻn torli arfa chalib, Unga qoʻshiq kuylang.
3Egamizga yangi bir qoʻshiq ayting,
Mahorat ila tor chalib, shodlikdan hayqiring.
4Egamizning kalomi haqiqatdir,
Uning barcha ishlari ishonchlidir.
5Egamiz adolatu haqiqatni sevadi,
Zamin Uning sodiq sevgisiga toʻla.
6Samolar bunyod boʻlgan Egamizning kalomidan,
Samodagi jismlar yaralgan Uning nafasidan.
7U dengiz suvlarini yigʻib qoʻygan,
Tubsiz suvlarni goʻyo omborga joylab qoʻygan#32:7 U dengiz suvlarini…joylab qoʻygan — Ibtido 1:6-8 ga qarang..
8Butun yer yuzi Egamizdan qoʻrqsin,
Butun olam ahli Undan hayiqsin.
9U gapirdi, aytgani mavjud boʻldi,
Amr qildi, zamin yaratildi.
10Egamiz xalqlarning rejalarini parokanda qiladi,
U xalqlarning niyatlarini puchga chiqaradi.
11Egamizning rejalari to abad sobit turadi,
Uning niyatlari nasldan naslga oʻtib boradi.
12Egamizni oʻz Xudosi deb bilgan xalq baxtlidir!
Egamiz, azizim deb tanlagan xalq baxtlidir!
13Egamiz samodan boqar,
Inson zotini U koʻrib turar.
14U taxt qurgan joyidan turib,
Hamma yer yuzida yashovchilarni kuzatar.
15U hammaning yuragini yaratgan,
Hammaning ishlarini anglagan.
16Lashkari koʻpligidan shoh qutulmaydi,
Kuchi koʻpligidan jangchi gʻolib boʻlavermaydi.
17“Jang otlari najot berar” deyish puch xayoldir,
Ular qudratli kuchi bilan qutqara olmaydi.
18Egamiz koʻrib turar Oʻzidan qoʻrqqanlarni,
Uning sodiq sevgisiga umid qilganlarni.
19Egamiz ularni oʻlimdan qutqaradi,
Ochlikdan saqlab, tirik qoldiradi.
20Jonimiz Egamizga muntazirdir,
U bizning madadkorimiz, qalqonimizdir.
21Biz Muqaddas Xudoga umid bogʻlaymiz,
U tufayli yuragimiz shodlikka toʻla.
22Ey Egam! Senga hamon umid bogʻlaymiz,
Sodiq sevging bizga yor boʻlsin.
Currently Selected:
Zabur 32: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020