Zabur 33
33
33–SANO
1Dovud Abumalek oldida oʻzini telbalikka solib, uning huzuridan quvilgandan keyin#33:1 Dovud…uning huzuridan quvilgandan keyin… — 1 Shohlar 21:10-22:1 ga qarang (Abumalek nomi Filist shohlariga nisbatan ishlatilgan unvon boʻlishi mumkin). aytgan sanosi.
2 # 33:2 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan sheʼrdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi soʻz ibroniy alifbesi tartibi boʻyicha boshlanadi. Har doim Egamni olqishlayman,
Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi.
3Egam bois jonim faxrlanadi,
Mazlum eshitib, shod boʻlsin.
4Men bilan birga olqishlang Egamni,
Birgalikda ulugʻlaylik Uning nomini.
5Egamga yuz burdim, U javob berdi,
Hamma qoʻrquvlardan U xalos qildi.
6Egamizdan umid qilganlarning yuzlarida nur,
Ularning yuzlari aslo shuvut boʻlmaydi.
7Bu bechora iltijosin Egamiz eshitdi,
Barcha uqubatlardan uni qutqardi.
8Egamizdan qoʻrqqanlarning atrofida
Egamizning farishtasi qarorgoh qurib,
Ularga najot baxsh etadi.
9Egamizning muruvvatini tatib koʻr,
Egamiz yaxshi ekanligini bilib ol.
Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar.
10Ey taqvodorlar, Egamizdan qoʻrqing.
Undan qoʻrqqanlar aslo muhtojlik koʻrmas.
11Hatto yirtqich sherlar ovqatsiz,
Ular ochlikdan azob chekadi.
Egamizga yuz burganlardan esa
Farovonlik ayrilmaydi.
12Keling, ey bolalar, tinglangiz meni,
Oʻrgatayin men Egamizdan qoʻrqishni.
13Hayotdan zavqlanishni,
Baxtli uzoq umr koʻrishni istaysizmi?
14Demak, tilingizni yomon soʻzlardan tiying,
Ogʻzingizni yolgʻon gaplardan asrang.
15Yomonlikdan qayting, yaxshilik qiling,
Tinchlik istang, ha, tinchlik payida boʻling.
16Egamiz solihlarni kuzatib turadi,
Ularning nolasini Egamiz eshitadi.
17Badkirdorlardan esa yuz oʻgiradi,
Ularning xotirasini yer yuzidan oʻchiradi.
18Taqvodorlar yolvoradi, Egamiz eshitadi,
Barcha balolardan ularni Egamiz qutqaradi.
19Koʻngli choʻkkanlarga Egamiz yaqindir,
Ruhan ezilganlarni U qutqaradi.
20Solihlarning qaygʻulari koʻp boʻlsa,
Hamma qaygʻulardan Egamiz xalos qilar.
21Ularning oʻzini Egamiz saqlaydi,
Bironta ham suyagi sindirilmaydi.
22Fosiqqa oʻz yovuzligi oʻlim keltiradi,
Solihdan nafratlangan mahkum boʻladi.
23Egamiz Oʻz qullarining hayotini qutqaradi,
Egamizda panoh topuvchilar mahkum boʻlmaydi.
Currently Selected:
Zabur 33: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020