Zabur 31
31
31–SANO
Dovud qasidasi#31 qasida — taʼlim beradigan yoki marsiya mazmunidagi sheʼr. Bu oʻrindagi ibroniycha soʻzning maʼnosi bahsli..
1Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir,
Egamiz kimning gunohidan oʻtgan boʻlsa,
Oʻsha inson baxtlidir.
2Egamiz kimning aybini yozmagan boʻlsa,
Oʻsha inson baxtlidir,
Ruhida hiyla boʻlmaganlar baxtlidir.
3Ey Egam, gunohimni boʻynimga olmay, rad qilganimda,
Tanam qoq suyak boʻlib qolgandi,
Kun boʻyi oh–voh qilib chiqardim.
4Kechayu kunduz tarbiya berishdan toʻxtamading,
Saraton issigʻidagiday madorim qurib qoldi.
5Endi oldingda gunohimni eʼtirof etdim,
Aybimni yashirmay, oʻzim aytdim:
“Egam oldida itoatsizligimni boʻynimga olaman.”
Sen esa mening gunohimni kechirding.
6Shu bois har bir taqvodor
Vaqt borida Senga ibodat qilsin.
Shunda azim suvlar toʻfoni
Taqvodorlarga yetib bormas.
7Sen mening panohimsan,
Meni kulfatlardan Sen asraysan,
Najot qoʻshigʻi ila meni oʻraysan.
8Egamiz aytar: “Sizlarga Men yoʻl koʻrsataman,
Yuradigan yoʻllaringizni oʻrgataman,
Maslahat beraman, sizlarni kuzataman.
9Ongsiz ot yoki xachir kabi boʻlmanglar,
Ularni yoʻlga solmoq uchun suvluq, jilov kerak,
Boʻlmasa ular yoningizga kelmaydi.”
10Fosiqning azobi koʻpdir,
Lekin Egamizdan umidvorlarni
Sodiq sevgi qurshab oladi.
11Ey solihlar, Egamiz tufayli shodlaning, quvoning!
Ey barcha koʻngli poklar, shodlikdan kuylang!
Currently Selected:
Zabur 31: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020