Zabur 30
30
30–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2Ey Egam, Senda men panoh topaman,
Sharmanda boʻlishimga aslo yoʻl qoʻyma,
Adolatlisan, meni qutqargin.
3Quloq tut menga, darrov xalos qilgin,
Mening panoh qoyam boʻlgin.
Najot topay, mustahkam qoʻrgʻonim boʻlgin.
4Chindan ham Sen suyangan qoyamsan, qalʼamsan,
Oʻz noming haqi meni yetakla, yoʻl koʻrsatgin.
5Sen mening panohimsan.
Qoʻyilgan tuzoqdan meni qutqargin.
6Hayotimni Senga topshiraman, ey Egam,
Meni qutqarasan, ey sodiq Xudo.
7Soxta xudolarni izzatlaganlarga
Men nafratimni sochaman.
Ey Egam, men Senga umid bogʻlayman.
8Sodiq sevging ila shod–xurram boʻlay,
Qaygʻularimni Oʻzing koʻrgansan,
Jonim azobda qolganini bilasan.
9Meni gʻanim qoʻliga bermading,
Oyoqlarimni bexavotir yerga qoʻyding.
10Rahm qil, ey Egam, kulfatda qoldim,
Koʻzlarim qaygʻudan toldi,
Jonu tanam adoyi tamom boʻldi.
11Hayotim azob bilan tugaydi,
Yillarim oh–voh bilan bitadi.
Gunohlarim#30:11 Gunohlarim — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalarda kulfatlarim. dastidan kuchdan qoldim,
Etlarim suyaklarimga yopishib ketgan.
12Dushmanlarim meni haqorat qiladi,
Qoʻshnilarim mendan hazar qiladi.
Doʻstlarim ham mendan qoʻrqadi,
Koʻchada koʻrib meni, qochib ketadi.
13Meni unutdilar, goʻyo oʻlganman,
Goʻyo singan sopol idish kabiman.
14Eshityapman, koʻpchilik gʻiybat qiladi,
Atrofimni dahshat oʻrab olgan.
Birgalikda menga qarshi fitna toʻqishadi,
Meni oʻldirmoqni niyat qilishadi.
15Ey Egam, men Senga umid bogʻlayman,
“Mening Xudoyim Sensan”, deb aytaman.
16Hayotim Sening qoʻlingdadir,
Gʻanimlarim qoʻlidan,
Payimga tushganlardan meni qutqargin.
17Jamoling men, qulingga nurlarini sochsin,
Sen sodiqsan, meni qutqargin.
18Yoʻl qoʻyma, ey Egam, sharmanda boʻlishimga,
Madad soʻrab iltijo qildim Senga.
Qabihlar sharmandayi sharmisor boʻlsin,
Oʻliklar diyoriga#30:18 Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. jim kirib borsin.
19Oʻchsin ularning yolgʻonchi ovozlari,
Zero, takabburlik va nafrat bilan
Ular solihga qarshi soʻylar.
20O, naqadar buyukdir Sening ezguliging!
Oʻzingdan qoʻrqqanlarga uni saqlab qoʻygansan,
Senda panoh topganlarga hadya qilasan,
Hammaning koʻzi oldida inʼom qilasan.
21Huzuringda ularni himoya qilasan,
Inson fitnalaridan omon saqlaysan.
Ularni Oʻz chodiring ostida
Igʻvolardan saqlab turasan.
22Qamalda qolgan shaharday boʻlganimda
Menga ajoyib sadoqatingni koʻrsatganing uchun
Ey Egam, Senga olqishlar boʻlsin!
23Vahimaga tushib men:
“Ey Egam, Sening nazaringdan mahrum boʻldim”, degandim.
Ha, madad soʻrab Senga yolvorganimda
Iltijolarimni eshitding.
24Ey Egamizning taqvodorlari, Uni seving!
Unga sodiq boʻlganlarni Egamiz himoya qiladi,
Takabburlarga toʻliq jazo beradi.
25Bardam boʻling, dadil boʻlsin yuragingiz,
Ey siz, Egamizdan umid qilganlar!
Currently Selected:
Zabur 30: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020