Zabur 29
29
29–SANO
1Dovud sanosi. Egamizning uyi bagʻishlangan paytda aytilgan qoʻshiq.
2Ey Egam, Seni ulugʻlayman!
Qabr ogʻzidan meni qutqarding,
Dushmanlarim mening ustimdan kulishiga yoʻl qoʻymading.
3Sendan madad soʻrab yolvordim, ey Egam Xudo,
Menga Sen berding shifo.
4Ey Egam, oʻliklar diyoridan#29:4 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. jonimni olib chiqding,
Qabrdan meni qutqarib qolding.
5Ey Egamizning taqvodorlari!
Egamizga hamdu sano kuylanglar,
Uning muqaddas nomini olqishlang.
6Egamizning gʻazabi bir lahza davom etadi,
Lutfu karami bir umr tugamasdir.
Shu bois qaygʻu–alam tun boʻyi davom etsa ham,
Tong bilan birga shodlik ham kirib keladi.
7Ishlarim yurishganda,
“Aslo qoqilmasman!” der edim.
8Ey Egam, lutfu karaming bilan
Meni togʻday mustahkam qilganding.
Ammo yuzingni oʻgirganingda,
Men dahshatga tushdim.
9Ey Egam, men Senga iltijo qildim,
Shafqat soʻrab, ey Rabbiy, Senga yolvordim:
10Agar men kirib ketsam qabrga,
Mening oʻlimimdan ne foyda Senga?!
Tuproq Senga hamdu sano aytarmi?!#29:10 Tuproq Senga hamdu sano aytarmi?! — 6:6 ga qarang.
Sening sodiqligingni u soʻylarmi?!
11Eshit, ey Egam, menga rahm qilgin,
Ey Egam, menga madadkor boʻlgin!
12Azamni Sen toʻyga aylantirding,
Aza libosini#29:12 Aza libosi — ibroniycha matnda Qanor. Qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan (shu sanoning 8-10–oyatlariga qarang). egnimdan olib tashlading,
Shodlikni menga kiygizding.
13Qalbim sukut saqlamay, Seni kuylab sano oʻqisin,
Ey Egam Xudo, Senga to abad shukur aytaman.
Currently Selected:
Zabur 29: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: