YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 28

28
28–SANO
Dovud sanosi.
1Egamizga hamdlar ayting, ey ilohiy zotlar#28:1 ilohiy zotlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudoning oʻgʻillari. Bu ibora samoda yashaydigan mavjudotlarga, jumladan, farishtalarga nisbatan ishlatilgan. Xudoning taxti atrofida samoviy mavjudotlar yigʻilgani haqida Eski Ahdda bir necha marta soʻz yuritilgan (misol uchun, 81:1, 88:6-8 ga va 3 Shohlar 22:19-22, Ishayo 6:1-8 ga qarang).,
Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar oʻqing.
2Egamizning sharafiga hamdlar oʻqing,
Muqaddas ulugʻvorlikka burkangan Egamizga sajda qiling!#28:2 Muqaddas ulugʻvorlikka burkangan Egamizga sajda qiling! — yoki Egamizning muqaddas maskani ulugʻvorligi ichra Unga sajda qiling! yoxud Muqaddas liboslarda Egamizga sajda qiling!
3Egamizning ovozi suvlar uzra eshitiladi,
Ulugʻvor Xudo guldirab sado beradi.
Ha, azim suvlar uzra
Egamiz guldirab sado beradi.
4Egamizning ovozi qudratlidir,
Egamizning ovozi haybatlidir.
5Egamizning ovozi sadr daraxtlarini qulatadi,
Hatto Lubnondagi sadr daraxtlarini#28:5 Lubnondagi sadr daraxtlari — Lubnon togʻlarida oʻsadigan bu sadr daraxtlari dunyoning oʻsha hududidagi eng katta daraxt turlaridan edi. parchalab tashlaydi.
6Lubnon togʻlarini Egamiz buqaday sakratadi,
Ha, Xermon togʻini#28:6 Xermon togʻi — ibroniycha matnda Siriyon, Xermon togʻining yana bir nomi (Qonunlar 3:9 ga qarang). Xermon togʻi — hozirgi Suriyaning eng baland togʻi. yovvoyi buzoqday sakratadi.
7Egamizning ovozi chaqmoq chaqtiradi,
8Egamizning ovozi sahroni titratadi,
Egamiz Kadesh sahrosini larzaga soladi.
9Egamizning ovozi ulkan daraxtlarni egib yuboradi#28:9 …ulkan daraxtlarni egib yuboradi… — yoki …bugʻu tugʻishiga sabab boʻladi….,
Oʻrmonlarni yalangʻochlab, shilib yuboradi,
“Egamiz ulugʻvordir”, deb Maʼbadida hamma kuylaydi.
10Egamiz toʻfonni#28:10 toʻfon — shu sanoning 3–oyatida aytib oʻtilgan suvlarga ishora qilingan, shuningdek, olamni yoʻq qilib yuborgan toʻfonga ishora qilayotgan boʻlishi ham mumkin (Ibtido 7:1-8:22 ga qarang). Xudo bu qudratli kuchlarni boshqaradi. jilovladi,
U to abad Shoh boʻlib taxtda oʻtiradi.
11Egamiz Oʻz xalqiga kuch ato etsin,
Oʻz xalqiga tinchlik bilan baraka bersin.

Currently Selected:

Zabur 28: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in