Zabur 17
17
17–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi. Egamiz Dovudni jamiki dushmanlari va Shoulning qoʻlidan ozod qilgandan keyin Dovud Egamizga atab shu qoʻshiqni aytdi.
2Seni sevaman, ey Egam, mening qudratim.
3Egam suyangan qoyamdir#17:3 qoya — bu obraz baʼzan ibroniy sheʼriyatida koʻchma maʼnoda qoʻllangan boʻlib, Egamizni toqqa oʻxshatadi. Egamizning xalqi oʻz dushmanlaridan qutulish uchun, qochib Egamizda panoh topadi. Bu obraz Egamizning barqarorligini va qoyaday mustahkam ekanligini koʻrsatadi., mening qalʼam, qutqaruvchimdir.
Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman.
Udir mening qalqonim, qudratli najotkorim#17:3 qudratli najotkorim — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi najotimning shoxi yoki meni qutqaradigan shox. Hoʻkizning shoxi kuch–qudrat ramzi edi, chunki hoʻkiz qadimiy Yaqin Sharqdagi eng kuchli hayvonlardan biri edi., qoʻrgʻonim.
4Egamga iltijo qilaman,
Gʻanimlarimdan U meni xalos qiladi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
5Meni oʻlim toʻrlari chirmab olgandi,
Balo–qazo sellari dahshat ila bosib kelgandi.
6Ha, oʻliklar diyorining#17:6 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. toʻrlari meni oʻrab olgandi,
Oʻlim oʻz tuzogʻiga meni asir qilgandi.
7Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim,
Ha, nola qildim Xudoyimga.
U Maʼbadidan turib, ovozimni eshitdi,
Ohu nolam qulogʻiga yetib bordi.
8Oʻsha zamon yer yuzi titrab, tebrandi,
Togʻlarning poydevori larzaga keldi,
Egam gʻoyat gʻazabga mingan edi.
9Burnidan tutun buruqsab chiqardi,
Ogʻzidan otash pishqirardi,
Oldidan qip–qizil choʻgʻ yogʻilardi.
10U koʻklarni yorib, pastga tushdi,
Oyoqlari ostida — qora bulut.
11Egam bir karubga#17:11 karub — qanotli samoviy mavjudot. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. minib uchdi,
Yel qanotlari uzra uchib keldi.
12Atrofini zulmat bilan oʻradi,
Quyuq, qora bulutlarni Oʻziga chayla qildi.
13Ulkan nur Egamning oldidan chiqdi,
Doʻl va qip–qizil choʻgʻ qop–qora bulutlarni parchaladi.
14Egamizning ovozi koʻklarda guldiradi,
Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi#17:14 …Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 2 Shohlar 22:14 ga qarang). Ibroniycha matnda doʻl va qip–qizil choʻgʻ degan ibora bu misraning oxiriga qoʻshilgan..
15Oʻqlarini otdi,
Chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi,
Ularni sarosimaga soldi.
16Egamizning tahdidlaridan,
Uning qahrli nafasidan
Dengizning tubi koʻrinib qoldi,
Zamin poydevori#17:16 Zamin poydevori — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida oʻrnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi. yalangʻoch boʻlib qoldi.
17Egam yuqoridan qoʻl uzatib, meni tutdi,
Bahaybat suvlardan meni chiqarib oldi.
18Meni kuchli gʻanimlarim qoʻlidan,
Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi,
Ular mendan kuchli edilar.
19Qora kunimda ular menga hamla qildilar,
Ammo Egam menga tayanch boʻldi.
20Meni bexavotir joyga chiqarib qoʻydi,
Mendan mamnun boʻlib, najot berdi.
21Egam solihligim uchun meni mukofotlaydi,
Aybsizligim uchun meni taqdirlaydi.
22Zero, men Egamning yoʻlidan yurdim,
Axloqsizlik qilmadim, Xudoyimdan yuz oʻgirmadim.
23Uning hamma qonun–qoidalariga rioya qildim,
Farmonlarini chetga surib qoʻymadim.
24Uning oldida benuqson boʻldim,
Gunoh qilishdan oʻzimni saqladim.
25Shu sababli Egam meni pok deb bildi,
Solihligimga yarasha mukofot berdi.
26Ey Egam! Senga sodiq boʻlganga Sen sodiq boʻlasan,
Yaxshi insondan yaxshiligingni ayamaysan,
27Pok kishiga pokligingni koʻrsatasan,
Egrining ayyorligini oʻz boshiga solasan.
28Ahli kamtarga esa najot berasan,
Dimogʻdorni yerga urasan.
29Ey Egam Xudo! Chirogʻimni yoquvchi Oʻzingsan,
Zulmatni men uchun yorugʻlikka aylantirasan.
30Ey Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yoʻq qilaman,
Senga suyanib devorlardan oshib oʻtaman.
31Xudoning yoʻli komildir,
Egamizning kalomi chin haqiqatdir,
Panoh izlab borganga U qalqondir.
32Egamizdan boshqa Xudo kim ekan?!
Xudoyimizdan boʻlak suyanchiq Qoya bormikan?!
33Meni qudratli qiluvchi Xudodir,
Yoʻlimni Oʻzi bexatar qiladi.
34U oyoqlarimni kiyik oyogʻiday qiladi,
Choʻqqilar uzra meni bexatar yurgizadi.
35Qoʻllarimni jang qilishga oʻrgatadi,
Barmoqlarim bronza yoyni buka oladi.
36Ey Egam, Sen menga zafar qalqoningni bergansan,
Oʻng qoʻling menga tayanch boʻladi,
Madading esa meni yuksaltiradi.
37Oyoqlarim uchun yoʻlimni keng qilgansan,
Oyoqlarim sira ogʻib ketmaydi.
38Gʻanimlarimni quvlab, tutib oldim,
Ularni yoʻq qilmay ortga qaytmadim.
39Shunday ezdimki ularni, tura olmadilar,
Oyoqlarim ostida choʻzilib qoldilar.
40Sen menga quvvat berib, jangga yubording,
Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.
41Gʻanimlarimni mendan qochirding,
Mendan nafratlanganlarni men yoʻq qildim.
42Ular madad soʻrab faryod qildilar,
Najotkorni esa topolmadilar,
Ey Egam, gʻanimlarim Senga yolvordilar,
Ammo Sen javob bermading.
43Shamolning changiday ularni ezdim,
Yoʻldagi loydek sidirib tashladim.
44Sen meni xalqning urush–janjalidan xalos etding.
Meni ellarga yoʻlboshchi qilding,
Oʻzim tanimagan elat menga qaram boʻldi.
45Ovozimni eshitiboq quloq tutdi,
Yot ellar menga boʻyin egdi.
46Yot ellar holsizlanib yiqildi,
Qaltirab manzilidan chiqib qochdi.
47Egam barhayotdir! Suyangan Qoyamga olqishlar boʻlsin!
Najotkorim Xudo yuksalsin!
48Qasdimni olgan Xudodir,
Xalqlarni menga U tobe qilgan,
49Meni gʻanimlarimdan U qutqargan,
Bosqinchilardan meni ustun qilgan,
Meni zoʻravonlar qoʻlidan xalos etgan.
50Shu bois, ey Egam, xalqlar ichra
Senga hamdlar aytaman!
Seni kuylab sano aytaman!
51Egamiz Oʻz shohini ulugʻ zafarlarga erishtiradi,
Oʻzi tanlagan shoh Dovud va uning nasliga
To abad sodiq sevgisini koʻrsatadi.
Currently Selected:
Zabur 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020